1.
Microsoft Excel imkoniyatlari tavsifi.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan,
avvalambor
hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o`zgartirib
turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank
hujjatlari bilan ishlash kabi keng ko`lamli masalalarni echishda qo`llaniladigan o`ta
quvvatli vosita hisoblanadi.
Hisoblash
elektron
jadvalining
dastlabki
dasturi
1979
yili
Visicals
(Visiblencalculators - ko`rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts
firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko`p
jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981
yil IBM PS kompyuteri
paydo bo`lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab
chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko`rinishlari paydo
bo`ldi, shu bilan birgalikda Microsoft- Multiplan
firmasining birinchi amaliy
dasturi paydo bo`ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga
aylandi.
Hisoblashlar natijalarini ko`rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan
grafik rejimlarining paydo bo`lishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi
qadami bo`ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3
paketlari chiqib, kutilgandan
xam ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi
tomonidan
Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o`z sinfidagi eng
quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yo`qki, Excel eng ommabop dasturlardan
biridir.
Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni)
qayta
ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz
natijasini bezash, ko`rgazmaliroq ko`rsatish va chop etish imkoniyatini beradi.
Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini o`zlashtirish
qiyin emas, ammo
dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan