- satr va ustunlar sarlavhasi - ishchi varaqlarining ajratilgan ustun va satrlari
sarlavhasini chiqaradi;
- vaziyat paneli - ekranning eng pastki yo`lagi bo`lib, joriy joyni ko`rsatib
turadi, bundan tashqari biror menyu yoki buyruq tanlanganda, vaziyat qatorida bu
buyruq yoki menyu nima ish bajarayotgani haqida ma`lumot hosil bo`ladi.
Shu bilan birgalikda, ish joyida vertikal yo`laklar mavjud bo`lib, ishchi
varag`i ustida siljitish uchun hizmat qiladi. Bu yo`lakda "yugurdak" joylashtirilgan,
vertikal yo`lakda u hujjatning yuqori - pastki qismiga ko`chirish va ishchi
varag`ining qaysi qismida ishlab turganingizni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Microsoft Excel fayli ishchi kitobi deyiladi. Excel yuklangach, avtomatik ravishda
yangi ishchi kitobi hosil bo`ladi. Agar Excel yuklangan bo`lsa, u holda uskunalar
panelidagi mos keluvchi ishchi kitob hosil qilish tugmasi yoki CtrlҚN tugmalari
birgalikda bosiladi. Agar avval hosil qilingan ishchi kitobini ochish kerak bo`lsa,
uskunalar panelidagi mos keluvchi tugma yoki (CTRLҚO) tugmalari birgalikda
bosiladi va fayllar ro`yxatidan keraklisini tanlab, OK ni bosish kerak.
Dostları ilə paylaş: