katakcha o`z adresiga egadir, u kesishish orqali topiladigan
ustun va satrlar
adreslari bilan beriladi.
Ishchi varaq qismlari xaqida ma`lumotlar berish:
2. Excel ning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi: avval
ajratib olinadi, keyin bu obyekt bilan ishlash uchun buyruq yoki uskunalar
panelidan tugma tanlanadi.
Ishchi varag`idan ajratib olingan katakcha faol katakcha deyiladi. Faol
katakchalar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
a) katakchaga berilganlarni kiritish;
b) katakchadagi mavjud berilganlarni tahrirlash;
v)
katakchalarni nusxalash;
g) katakchalarni ko`chirish;
d) katakchalarni formatlash;
e) katakchalarni tozalash;
j) katakchalarni faollashtirilgandan so`ng, unga to`g`ridan-to`g`ri
berilganlarni kiritish - klaviaturada terish, ENTER
ni bosish;
z) berilganlarni formula satri orqali katakchaga kiritish - formula satriga
bosish, klaviaturada terish, kiritish tugmasini bosish.
Katakchada saqlanishi mumkin bo`lgan berilganlarning turi:
- doimiy qiymatlar (sana, vaqt, pulli miqdorlar, foizlar, kasrlar yoki matn)
- bu ma`lumotlar katakchaga toki yangi ma`lumotlar kiritilmaguncha,
o`zgarmasligini ta`kidlash lozim. Kasr sonlarni kiritishda ularni " , "
lar bilan
ajratiladi. Sana va vaqtlarni kiritish xaqida gapirib bering.
- formulalar (mavjud qiymatlardan doimiy qiymat, katakcha adreslari,
funktsiyalarni keltirib chiqarish ketma-ketligi) - agar ishchi varag`ining qiymatlari
o`zgarsa, formula hisoblash natijasi sifatida
chiqaruvchi qiymatlar ham
o`zgarishini ta`kidlab o`ting (buni birorta funktsiya misolida tushuntiring).
Kiritishdan voz kechish uchun:
1. Tuzatish menyusidan voz kechishi yoki CTRLҚZ tugmalari bosiladi.
b) berilganlarni katakchada tahrirlash:
1 "Sichqoncha" chap tugmasini ikki marta bosish, yangi berilganlarni
kiritish, ENTER
ga bosish yoki
2. Ishchi varaq katakchani ajratib olib, formula satrida bosish,
yangi
berilganlarni kiritish, ENTER ni bosish yoki kiritish tugmasini bosing.
v) katakchani nusxalash uchun:
1. Nusxalash lozim bo`lgan katakchani ajratib olish, Tuzatish menyusida
"Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
2.
Katakchani ajratib olib, "sichqoncha" o`ng tugmasini bosish, kontekstli
menyudan "Nusxalash" buyrug`ini tanlash yoki
3. Katakchani ajratib olib, asboblar panelidagi "Nusxalash" tugmasini bosish
yoki
4. Katakchani ajratib olib, CTRLҚC ni bosish. Ta`kidlash lozimki,
ushbu
katakcha nusxasi almashish buferidadir.
Dostları ilə paylaş: