Microsoft excel dasturida ishlash


Yacheykalar oralig`i, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə7/7
tarix22.04.2022
ölçüsü84,5 Kb.
#56092
1   2   3   4   5   6   7
1352542281 35187

3. Yacheykalar oralig`i, satr va ustunlar bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi
1. Oraliq-bu ishchi varaqdagi ikki yoki undan ko`p ajratilgan yacheykalardir. Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, yacheykalar oralig`i bir vaqtning o`zida bir necha yacheykalar bilan ishlash imkonini beradi. Bu ishni ancha osonlashtiradi. Oraliqlar qo`shni yoki qo`shni bo`lmasligi mumkin. Qo`shni oraliqlarni hosil qilish uchun birinchi yacheyka oralig`ida "sichqoncha"ning chap tugmasini bosish, kursorni esa oxirgi yacheykagacha olib borish lozim. Qo`shni bo`lmagan oraliqlarni hosil qilish uchun esa "sichqoncha" chap tugmasi yordamida birinchi yacheyka oralig`ini ajratib olib, CTRL tugmasini bosing, keyin Sizga kerakli qo`shni bo`lmagan yacheyka ustiga qo`ying. Bu amallarni bekor qilish uchun ishchi varag`ining bo`sh joyiga "sichqoncha" ni olib borib harakatlantiring.

2. Yacheykalar oralig`i bilan ishlashning asosiy uskunalari.

Yacheykalar oralig`idagi axborot oraliqlarning har bir yacheykasida paydo bo`ladi.

Yacheykalar oralig`i ustida bajariladigan amallar:

a) ma`lumotlarni yacheykaga kiritish;

b) yacheykadagi ma`lumotlarni tahrirlash;

v) yacheykalarni nusxalash;

g) yacheykalarni ko`chirish;

d) yacheykalar ichini formatlash;

e) yacheykalarni tozalash.

Ma`lumotlarni yacheykalarga kiritish uchun yacheykalar oralig`ini ajratib, ma`lumotlarni kiritish, so`ngra ENTERni bosish kerak (klaviaturadan kiritilgan ma`lumotlar hamma yacheyka oraliqlarida paydo bo`ladi). Ma`lumotlarni formula satri orqali yacheykaga kiritish uchun esa klaviaturada terish va formula satrida kiritish lozim. Kiritilganlarni bekor qilish (ENTER bosilgunga qadar) ESC tugmasi bilan amalga oshiriladi. Kiritilganlarni bekor qilish (ENTER bosilgandan keyin) "To`g`rilash" menyusi yoki CTRLҚZ bilan amalga oshiriladi.

Yacheykalar oralig`idagi ma`lumotlarni tahrirlash uchun ishchi varag`ida yacheykalar oralig`ini ajratib, yangi ma`lumotlarni kiritib, so`ng ENTER ni bosish lozim.

Yacheykalarni nusxalash uchun nusxalanishi kerak bo`lgan yacheykalarni ajratib, "Tuzatish" menyusidan "Nusxalash" tugmasini bosish kerak.

Yacheykalar intervalini ajratish va CTRLQC ni bosib ta`kidlash, katakcha intervalining nusxasi qo`shimcha varaqda saqlanadi.

Katakchalar intervalining nusxasini qo`yish uchun:

1. Katak intervalining nusxasi qo`yiladigan katakni ajratish, "Tuzatish" menyusida "Qo`yish" buyrug`ini tanlash yoki

2. Katakni ajratib, "Qo`yish" buyrug`ini tanlab, "sichqoncha"ning chap tugmasi bosiladi yoki

3. Katakni ajratib, uskunalar panelida "Qo`yish" tugmasi bosiladi yoki

4. Katakni ajratib, CTRLҚU ni bosiladi.

g) ta`kidlash: katak oralig`ini o`zgartirish amalining oxirida nusxalash o`rniga qirqish amali beriladi. Yangi katakchaga qo`yilib, "Qo`yish" tugmasi bosiladi.

d) kataklar oralig`i mundarijasini formatlashda quyidagi parametrlarni o`zgartirish mumkin:

1. Shrift;

2. Shrift kattaligi;

3. Shrift rangi;

4. Shrift qalinligi;

5. Katak oralig`ini tenglashtirish;

6. Katak oralig`ini o`rnatish;

7. Kataklarni har xil rang va chiziqlar bilan to`ldirish;

8. Kataklar oralig`ini mundarijasini bo`lish va burish.

e) kataklar oralig`i mundarijasini tozalash - ularning mundarijasini yo`qotadi.



Xulosa

Klaviaturadan foydalanib, qatorda yoki ustunda katakni ajratish, qatorni ajratish uchun SHIFTҚ BackSpace ni bosish, ustunni ajratish uchun esa CTRLҚBackSpace ni bosish lozim. Excelning imkoniyatlari juda kop ekan.
Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin