Ma’lumotlari jurnal-orderlarga o‘tkazilgan hujjatlarda korrespondensiyalanuvchi
schotlar,
tegishli registrlarning raqamlari va yozuvlarning tartib raqamlari (qator raqamlari) ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlari jamlanib hisob registrlariga o‘tkaziladigan hujjatlar bo‘yicha registr va yozuvlar raqami
alohida varaqda ko‘rsatilib, bu varaq to‘planib tikilgan hujjatlarga biriktirib quyiladi.
Oy oxirida jurnal-orderlarning ma’lumotlari jamlanib, bosh daftarga o‘tkaziladi. Bosh daftar
jurnal-orderlar ma’lumotlarini umumlashtirish, schotlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va
hisobot balansini tuzish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bir yilga ochiladi. Unda har bir schot uchun bir
varaq ajratiladi. Har bir varaqda ochilgan sintetik schotning boshlang‘ich qoldig‘i, joriy (oylik)
oboroti va oxirgi qoldig‘i aks ettirib boriladi. Bosh daftarga joriy oborotlarni
yozish bir vaqtning
o‘zida jurnal-orderlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni qayd qilish bo‘lib hisoblanadi (3.4-rasm).
Shartli belgilar
Joriy yozuvlar
Yozuvlarni tekshirish
Dostları ilə paylaş: