O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI
425
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA SOLIQQA TORTISH
FANIDAN
GLOSSARIY
Toshkent-20__
426
Aktiv — ma’lum bir sanaga pul ko‘rsatkichida korxonaning mablag‘lari, ularning tarkibi va
joylashishini aks ettiruvchi buxgalteriya balansining qismi. Buxgalteriya balansi aktivdan tashqari
passivga ham ega. Aktiv va passiv bo‘lim va moddalardan iborat. Balans aktiv tomonining jami
passiv tomonining jamiga teng bo‘lishi kerak. Aktiv faol degan ma’noni ham anglatadi.
Aktiv schyotlar — korxona mablag‘larini hisobga oladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular
mavjud mablag‘lar, ularning tarkibi va joylashishi to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni beradi. Aktiv
schyotlarda mablag‘larning ko‘payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi. Qoldig‘i
faqat debetda bo‘lib, balansning aktivida ko‘rsatiladi. Quyidagi schyotlar aktiv schyotlar
hisoblanadi: bino, inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalarni
(1000-schyotlar) hisobga oladigan schyotlar; pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar;
tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlar; xarajatlarni hisobga oladigan
schyotlar.
Aksept — ma’lum shart bo‘yicha shartnoma tuzishga rozilik berish. Naqd pulsiz hisob-kitoblarda
aksept mol oluvchining mol yuboruvchi schyotini to‘lashga roziligidir. Aksept oldindan va
keyinchalik qilinishi mumkin. Oldindan akseptda bankka schyot kelib tushgan kundan keyin
mol oluvchi uch ish kuni ichida aksept qilmaslik to‘g‘risida bankka arz qilmasa, mol
yuboruvchining schyoti akseptlangan hisoblanadi. Basharti mol oluvchi bankdan uzoqda
joylashgan bo‘lsa, shuningdek yo‘l va aloqa yomon bo‘lsa, bank boshlig‘ining ruxsati bilan
aksept muddati uzaytirilishi mumkin.
Amortizatsiya — obyektning asta-sekin eskirishi va uning qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot
yoki foydalanilishiga qarab boshqa xarajatlarga o‘tkazish. Boshqa ma’noda amortizatsiya bu:
mulk qiymatining kamayishi; har zamonda to‘lash yo‘li bilan qarzning asta-sekin kamayishi;
avtomobil harakati, samolyotlarni qo‘ndirishdagi silkinishlarni so‘ndirish va h.k.
Amortizatsiya ajratmalari — belgilangan normalar bo‘yicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga
hisoblanadigan amortizatsiya.
Analitik hisob schyotlari
— analitik hisob yurituvchi buxgalteriya hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning
kursatkichlarini detallashtirish uchun ochiladi. Aialitik schyotlar faqat murakkab sintetik
schyotlarga ochiladi. Masalan, 1010 «Xom ashyo va materiallar» schyotida xom-ashyo va
materiallarning turlari bo‘yicha ularning soni va summasi ko‘rsatilib, bir nechta analitik
schyotlar ochiladi.
Asosiy vositalar
— ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan mehnat vositalari (bino, inshoot,
mashina, inventar va h.k
Asosiy vositalarning hisobi 5-son BHMS «Asosiy vositalar» bilan tartibga solinadi.
Asosiy vositalar amortizatsiyasining normasi
— yillik amortizatsiya summasining asosiy vositalar dastlabki qiymatiga foiz nisbati. 2008 yilning 1
yanvaridan e’tiboran kuchga kirgan Soliq kodeksining 144-moddasida soliq solish maqsadida
amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyasining eng yuqori normalari
asosiy vositalarning guruhlari bo‘yicha berilgan.
Asosiy vositalarning balans qiymati
— buxgalteriya balansida aks ettiriladigan asosiy vositalar (fondlar)ning qiymati. Asosiy
vosytalarning balans qiymati — bu fondlarni qaytadan baholash ma’lumotlari bo‘yicha
ularning qiymati yoki qaytadan baholanmagan obyektlarning dastlabki qiymati.
Asosiy vositalarning eskirishi
— ishlab chiqarish jarayonida eskirishi (jismoniy eskirishi) yoki mehnat unumdorligi o‘sgan
sharoitlarda mashinalarning texnik eskirishi va ularni ishlab chiqarish qiymatining pasayishi
(ma’naviy eskirishi) natijasida asosiy vositalar dastlabki qiymatining kamayishi. Buxgalteriya
hisobida har oyda amortizatsiya hisoblash bilan bir vaqtda asosiy vositalarning eskirishi ham
aks ettiriladi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun 0200 «Asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» tayinlangan. Har oyda hisoblangan eskirish summasiga
427
asosiy vosita obyektlari qaysi sohada xizmat qilayotgan bo‘lsa, shu soha xarajatlarini hisobga
oluvchi schetlar debetlanib, 0200-schyotlar kreditlanadi. Korxona mulki bo‘lgan asosiy
vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq
muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularga
hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi
schyotlarning (0200) debetidan 9210 «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotining
kreditiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
— mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar. Bularga texnologik ehtiyojlar
uchun zarur bo‘lgan xom ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, elektr energiya, ish haqi va h.k.
kiradi. Tayinlanishi bo‘yicha barcha ishlab chiqarish xarajatlari asosiy xarajatlar va ishlab
chiqarishni boshqarish hamda xizmat qilish xarajatlariga bo‘linadi.
Asosiy ish haqi
— korxonada ishchi va xizmatchilarga haqiqiy ishlagan vaqti va bajargan ishlari uchun hisoblangan
ish haqi. Asosiy ish haqidan tashqari ishchi va xizmatchilar qo‘shimcha ish haqi ham oladi.
Asosiy materiallar
— tayyorlanayotgan mahsulotning moddiy asosini tashkil etuvchi mehnat buyumlari
(mashinasozlikda metall, poyabzal fabrikasida charm va h.k.). Asosiy materiallar 1010 «Xom
ashyo va materiallar» schyotida hisobga olinadi.
Asosiy mahsulot
— nima tayyorlash uchun ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‘lsa, shu asosiy mahsulot. Ko‘pincha
asosiy mahsulot bilan birga qo‘shimcha mahsulot ham olinadi. Mahsulotlarni bunday ajratish
ularning tannarxini kalkulyatsiya qilishda katta ahamiyatga ega.
Asosiy schyotlar
— xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari alohida turlarini, ya’ni korxona xo‘jalik faoliyatining
asosini aks ettirish va nazorat qilish uchui tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Asosiy
schyotlar aktiv va passiv bo‘ladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va tuzilishi
bo‘yicha tasniflashda asosiy schyotlar ajratib ko‘rsatiladi.
Asosiy faoliyat
— yuridik shaxsning umumiy realizatsiya qilish hajmidagi tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyati.
Balans
— doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining
tengligi. Balans ikki qismdan iborat bo‘lgan jadval shaklida ma’lum bir sanaga tuziladi.
Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlari munosabatini ko‘rsatadi. Balans
qismlarining jami ko‘rsatkichlari o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Balans alohida korxona, ishlab
chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki
xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq
xo‘jalik mahsulotlari balansi va b.) masshtabida tuziladi.
Balansdan tashqari schyotlar
— qoldig‘i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar
korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalarga (ijaraga olingan asosiy vositalar, mas’ul
saqlashga qabul qilingan yoki qaytadan ishlashga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.)
tegishli bo‘lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan
tashqari schyotlarda shuningdek qat’iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan
debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda,
ya’ni ikki yoqlama yozuv qo‘llanilmasdan yuritiladi. Bu schyotlar o‘zaro yoki balansli
schyotlar bilan korrespondentlanmaydi.
Balansning bo‘limi
— buxgalteriya balansining aktiv va passividagi bir xillik, moddalar guruhi. Balansning aktivida ham,
passivida ham ikkitadan bo‘lim mavjud:
aktivida: birinchi bo‘lim — uzoq muddatli aktivlar; ikkinchi bo‘lim — joriy aktivlar;
428
passivida: birinchi bo‘lim— o‘z mablag‘lari manbalari; ikkinchi bo‘lim— majburiyatlar.
Bankdagi hisob-kitob schyoti
— xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini saqlash va naqd pulsiz hisoblashishlarni olib
borish uchun tayinlangan bank muassasalaridagi schyot. O‘zR VM «Bank tizimini isloh qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 15 yanvarda chiqargan qarorga binoan yuridik
shaxslarga 2000 yil 1 iyundan boshlab soliq to‘lash joyidagi soliq organini xabardor qilgan
holda bir nechta banqda schyotlar ochish huquqi berildi. Talab qilib olgungacha bo‘lgan
so‘mdagi depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs — rezidentlar quyidagi hujjatlarni
topshiradi: schyot ochish uchun ariza; statistika organlari tomonidan davlat ro‘yxatiga
kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning ko‘chirmasi; yuqori organ
yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusda tasdiqlangan
ko‘chirma; davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat; soliq organida ro‘yxatdan
o‘tganligi va soliq to‘lovchini identifikatsiyalash raqami berilganligi to‘g‘risida notariusda
tasdiqlangan guvohnoma ko‘chirmasi yoki shaxs soliq to‘lovchi subyekt emasligi to‘g‘risida
ma’lumot; korxona rahbari va bosh buxgalterining imzo namunalari va muhrning izi
tushirilgan kartochka.
Bank kreditlari
— xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ayrim jismoniy shaxslarning qarzga oladigan mablag‘larining
muhim manbai. Banklar vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lardan foydalanib, xo‘jalik yurituvchi
subyekt va aholining iste’mol ehtiyojlari uchun ana shu mablag‘larni qarzni qaytarib olish
tartibida ishga soladi. Banklar amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan va tomonlar bilan
kelishilgan holda kreditni qaytarib berish, muddatlilik, to‘lovga qobillik va ta’minlanganlik
prinsiplariga qat’iy amal qilib beradi.
Bank kreditlarini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank
kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi.
Baho
— tovar qiymatining puldagi ifodasi. Baho asosida tovarning qiymati, ya’ni uni ishlab chiqarishga
sarflangan ijtimoiy zaruriy xarajatlar yotadi. Lekin bu alohida olingan tovarning bahosi albatta
uning qiymatiga teng bo‘lishi kerak degan ma’noni bildirmaydi. Baho qiymatdan farqlanishi
mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho mazkur tovarga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.
Bahoning qiymat atrofida tebranib turishi qiymat qonunining bir ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi.
Narxlarning darajasi normal ishlayotgan har bir korxonaning ishlab chiqarish yoki muomala
xarajatlarini qoplashini va sof foyda olishini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarish hajmi, foyda
va samaradorlik hozirgi vaqtda korxona faoliyatini ta’riflaydigan asosiy ko‘rsatkichlardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
Birinchi xarid narxi bo‘yicha baholash usuli (FIFO - birinchi tushum – birinchi sotildi)
— sarflangan (sotilgan) moddiy qiymatliklarni baholash usullarida biri. Bu usul birinchi sotib olingan
tovarlar tannarx; birinchi navbatda sotiladigan tovarlar degan taxminga asoslangan. Davr
oxiriga qolgan mavjud tovarlar tannarxi oxirgi sotib olinganga kiradi, sotilgan tovarlarning
tannarxi esa oldinroq sotib olingan tovarlarga tenglashtiriladi.
FIFO usulini, tovarlarning real jismoniy harakatidan qat’i nazar, har qanday tarmoqda qo‘llasa
bo‘ladi, chunki u tovarlar harakatini emas, qiymat harakatini hisobga oladi. Inflyatsiya davrida
FIFO usuli yuqoriroq sof foyda olish imkoniyatini yaratadi.
Bosh jurnal
— buxgalteriya hisobining eskirgan shakli. U hisobning memorial-order shaklidagi varianti bo‘lib
hisoblanadi. «Bosh daftar» deb nomlangan yagona hisob registrida bosh daftar va registratsiya
jurnal birlashtirilgan.
Boshqa daromadlar
— tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
operatsiyalardan olinadigan daromadlar.
Brutto
429
— idishi bilan birga tovarning massasi. Bunday massaning mavjudligi zarur bo‘lsa-da, haqiqiy
tovarning massasini aks ettirmaydi, shuning uchun tovarning sof massasini bilish va hisobga
olish kerak.
Buxgalter
– buxgalteriya hisobi bo‘yicha mutaxassis. «Buxgalter» termini XV asrda paydo bo‘lgan. Birinchi
bo‘lib buxgalter lavozimini Insburk schyotlar palatasi ish yurituvchisi Xrestofor Shtexer
olgan. Vena davlat muzeyida Maksimilianning 1498 yil 13 fevralda chiqargan buyrug‘i
saqlangan.
Nafaqat Germaniyada XV asrda, balki Amir Temur davrida ham hisob daftarlarini yurituvchi shaxslar
yozuvchilar (kotiblar) bo‘lgan.
«Saltanatning har bir idorasida, — deb yozadi Amir Temur XIV asrning oxirida, — bo‘ladigan kirim-
chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin» («Temur
tuzuklari». — Toshkent, 2005, 105-bet).
1498 yildan boshlab «buxgalter», «buxgalteriya» degan terminlar eski nomlarni asta-sekin siqib
chiqarib, hamma joyga tarqala boshladi. Bu terminlar Rossiyada 1732 yildan qo‘llana
boshladi. 1732 yil 11 sentabrda Kommers-Kollegiyaning buyrug‘i bilan Peterburg boj
xonasiga birinchi buxgalter etib gollandiyalik savdogar Timmerman tayinlangan. Hozirgi
vaqtda buxgalter ma’lum huquq, burch va majburiyatlarga ega bo‘lgan xizmatchi hisoblanadi.
Unga xo‘jalik jarayoni hisobi va hisobotini yuritish, tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini
qabul qilishda korxona (tashkilot, muassasa) rahbarlarini zarur axborot bilan ta’minlash
vazifasi yuklatilgan.
Bajarayotgan ishlari va egallagan lavozimiga qarab katta buxgalter va bosh buxgalter bo‘lishi
mumkin. Katta buxgalter buxgalteriyaning bo‘limi (guruh)ni boshqaradi. Bosh buxgalter
buxgalteriyani boshqaradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalterning roli ancha oshdi. Xozirgi vaqtda buxgalterdan
nafaqat buxgalteriya hisobini, balki ishlab chiqarishning biznes-rejalarini tuzish, moliyaviy va
boshqaruv tahlillarini, shuningdek boshqa sohalarni chuqur bilish hamda rahbariyat to‘g‘ri
boshqaruv qarorlarini qabul qilishida faol qatnashish talab qilinadi. O‘zbekistonda hozirgi
zamon talablariga to‘liq javob beradigan buxgalterlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda,
buxgalterlar oliy o‘quv yurtlarida, ko‘plab tashkil etilgan kollej va akademik litseylarda
tayyorlanmoqda.
Buxgalteriya balansi
— xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi, joylashgan joylari va ularning vujudga kelish manbalarini
ma’lum bir sanaga pulda ifodalab turadigan jadval. Balans ikki tomonlama jadval bo‘lib uning
chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv deb nomlanadi. Balansning aktivida xo‘jalik
mablag‘lari, joylashgan joylari va tarkibi ko‘rsatilsa, passivida ushbu xo‘jalik mablag‘larining
manbai aks ettiriladi. Aktiv va passivning har bir unsuri (elementi), mablag‘lar turi yoki
ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Uning aktivida ham, passivida ham balans
moddalari ikki bo‘limga bo‘lib ko‘rsatiladi.
Aktivda: I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar. II bo‘lim Joriy aktivlar.
Passivda: I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari. II bo‘lim. Majburiyatlar. Balansning aktiv
tomonining jami uning passiv tomoni jamiga teng bo‘lishi kerak
Buxgalteriya provodkasi
— schyotlar aloqasi (korrespondensiyasi)ni rasmiylashtirish. Bunda debetlanuvchi va kreditlanuvchi
schyotlar hamda yozib qo‘yiladigan xo‘jalik muomalasining summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy provodkada xo‘jalik
muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadi.
Murakkab provodkalarda xo‘jalik muomalalarining mazmuniga qarab bir schyot debetlanib,
bir necha schyot kreditlanadi yoki, aksincha, umumiy summaga bir necha schyotlar
debetlanib, bir schyot kreditlanadi. Har qanday provodkada ham bir schyotning debetiga
yozilgan summa ikkinchi schyotning kreditiga yozilgan summaga teng bo‘lishi kerak. Bu
430
qoida murakkab provodkalarga ham tegishli. Bir schyotning debetiga yozilgan summa bir
necha schyotlarning kreditiga yozilgan summalarning jamiga teng bo‘lishi kerak va, aksincha,
bir necha schyotlarning debetiga yozilgan summalarning jami bir schyotning kreditiga
yozilgan summaga teng bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya provodkasida ikkiyoqlama yozuv o‘z aksini topadi.
Qo‘shimcha va manfiy (storno) buxgalteriya provodkalari bo‘lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi
— ayrim subyektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarining harakatini ma’lum
hujjatlar bilan asoslangan holda ro‘yxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan tarzda
yoppasiga va bevosita kuzatish tizimi, U subyektning xo‘jalik faoliyatini boshqarish, xo‘jalik
hisobini joriy etishning muhim vositasi hisoblanib, mablag‘lardan to‘g‘ri va unumli
foydalanish hamda uning butligini ta’minlash ustidan dastlabki, joriy va kelgusi nazoratni
yuritish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi uchta funksiyani bajaradi: 1) axborot berish,
2) nazorat qilish, 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bunda buxgalteriya hisobida har
xil usullar, texnika va shakllardan foydalanilishi mumkin. Shuning bilan birga, buxgalteriya
hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan maqsadlarga qarab har xil vazifalarni bajarishi
mumkin.
Hozirgi vaqtda talabalar «Buxgalteriya hisobi» kursini ikkiga bo‘lib o‘rganmoqdalar: Moliyaviy
hisob va boshqaruv hisobi.
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
— buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari,
aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish
(ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;
moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Buxgalteriya hisobining ikkiyoqlama tizimi
— ikkiyoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobi tizimi. Hisobning oddiy tizimiga nisbatan
ancha mukammallashgan bo‘lib, buxgalteriya hisobi predmeti to‘g‘ri aks etishini ta’minlaydi.
1996 yil 30 avgustda O‘zR Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasida buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan birinchisi
etib «buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish» belgilangan. Demak,
buxgalteriya hisobining ikkiyoqlama yozuv tizimi barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda
qo‘llanilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari
— foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan
ta’minlash, vazifalari: buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy
huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni
shakllantirish; samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish, moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish.
Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli
— buxgalteriya hisobining shakllaridan biri. Bu shaklda hisob jarayoni quyidagicha amalga
oshiriladi: dastlabki, yig‘ma va jamg‘arma hujjatlariga asosan memorial-orderlar tuzilib,
ro‘yxatga olish jurnalida registratsiya qilinadi. Keyin memorial-orderlarga asosan sintetik
schyotlarga va bosh daftarga yoziladi. Memorial-orderlarga ilova qilingan hujjatlar analitik
hisob registrlariga yozish uchun asos bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining predmeti
— takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali
boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni
shakllantirish. Turli mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi
431
jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti
hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
— buxgalteriya hisobi schetlarining tizimiga keltirilgan ro‘yxati 2004 yil 1 yanvardan e’tiboran 21-
son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha io‘riqnoma» bo‘yicha yangi schyotlar rejasi
qo‘llanila boshladi. Schetlar rejasi moliyaviy hisobot elementlari: aktivlar, majburiyatlar,
kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq, guruhlangan schyotlar yig‘indisini aks ettiradi.
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. U 6 ta qism va 9 ta
bo‘limdan iborat bo‘lib, tayinlanishi, tuzilishi va iqtisodiy mazmuni bo‘yicha bir xil bo‘lgan
schyotlarni o‘z ichiga oladi. Har bir schyotning nomidan tashqari nomeri (shifr) ham bor.
Buxgalteriya hisobi subyektlari
—davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zRda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning
O‘zR hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari,
vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya)
hisobotini taqdim etadi.
Buyurtma usulida xarajatlar hisobi va kalqulyatsiya
ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini hisoblashning asosiy usullaridan biri. Bu
usul ishlab chiqarish xarajatlari buyumlar (bir xil buyumlar guruhi) yoki ishlar buyurtmalar
bo‘yicha hisobga olinganda qo‘llaniladi.
Bo‘nak
— kelajaqdagi xarajatlar va to‘lovlar hisobidan berilgan pul mablag‘lari. Bo‘nak O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan kassa muomalalarini yuritish
qoidalariga asosan qat’iy belgilangan maqsad uchun beriladi. Xizmat safarlari uchun naqd pul
safar joyiga borish va qaytib kelish qiymatini to‘lash, sutkalik xarajatlar va turar joyni ijaraga
olish xarajatlari miqdorida beriladi.
Valyuta
— mazkur mamlakatning pul tizimi va pul birligi (so‘m, rubl, dollar, yevro va h.k.), xorijiy kredit
biletlari va tangalar ham valyuta deyiladi.
Valyuta kursi
— turli mamlakatlar pul birliklarining o‘zaro munosabati, ya’ni bir mamlakat pul birligi bahosining
boshqa mamlakat pul birligidagi (yoki xal qaro pul birligidagi) ifodasi valyuta kursi deyiladi
Xalqaro iqtisodiy operatsiyalar milliy valyutalarning ayirboshlanishi bilan bog‘liq. Bu
ayirboshlash valyutalar kursini belgilashni taqozo etadi. Valyuta kursi pul birliklarini
ayirboshlash nisbatini belgilaydi.
Valyuta kurslari talab va taklif mexanizmi orqali valyuta bozorida valyutalarning kundalik oborotini
solishtirish jarayonida vujudga keladi. Pul birligining bahosi pulning xarid qobiliyati asosida
shakyalanadi.
Vaqtbay ish haqi
— ish haqi summasi ishlagan vaqt miqdoriga qarab aniqlanadigan ish haqi tizimi. Vaqtbay ish haqi
tizimida ishlagan ishchilarga ish haqi soat tarif stavkasi va ishlagan soatlariga qarab
aniqlanadi. Injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga
ish haqi belgilangan oklad va mshlagan kunlariga qarab hisoblanadi. Mazkur oyda hamma ish
kunlarida ishlagan xodimlarga to‘liq oklad hisoblanadi. Agar xodim mazkur oyning hamma
ish kunlarida shilamagan bo‘lsa, uning ish haqi quyidagicha aniqlanadi. Hisoblangan oylik
oklad summasi mazkur oyning ish kuni miqdoriga bo‘linadi va olingan natija (o‘rtacha kunlik
ish haqi) haqiqiy ishlagan kun miqdoriga ko‘paytiriladi.
Davlat va boshqa jamoat ishlarini bajargan kunlari uchun haq umumiy tartibda to‘lanadi. Vaqtbay ish
haqi bo‘yicha xodimlarning ishlagan vaqti hisobi tabelda yuritiladi.
432
Vedomost (qaydnoma)
— dastlabki hujjat yoki hisob registri. Vedomost yig‘ma hujjat bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya
hisobining barcha shakllarida qo‘llaniladi. Hujjatlar va hisob registrlarining ro‘yxatida
ularning nomi ko‘p uchraydi. Muomalalar amalga oshirilgan vaqtda tuzilgan vedomostlar
dastlabki hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Yig‘ma vedomostlar turli dastlabki hujjatlarga asosan
tuziladi. Ularda dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari umumlashtirilganligi keyinchalik hisob
registrlarida aks ettirishni osonlashtiradi. Hisob registri sifatida vedomostlar hisobning jurnal-
order shaklida ko‘p qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobida jamg‘arma vedomostlar, taqqoslovchi
vedomostlar, hisoblash-to‘lov vedomostlari va b. qo‘llaniladi.
Gudvill
— aniqlab bo‘lmaydigan, eng ko‘p tarqalgan, muhim bo‘lgan va firmaga naf keltiradigan nomoddiy
aktiv. Gudvill firmaning yaxshi ta’rifi natijasida paydo bo‘ladigan qiymatini belgilaydi, bu
esa firmaning aniq aktivlaridan kutilgan daromadga qo‘shimcha daromadlarni oshiradi.
Gudvill olish dalilsiz ham mavjud bo‘lishi mumkin, faqat bitta kompaniya boshqa
kompaniyani sotib olgandagina yoki ularning qo‘shilishi paytidagina ushbu gudvill hisobda
tan olinadi.
Davr xarajatlari
— butun ishlab chiqarish (korxona)ni boshqarish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar. Bu xarajatlar sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa operatsion
xarajatlardan iborat. Bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari», 9420 «Ma’muriy xarajatlar»,
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» va 9440 «Kelgusida soliq solinadigan bazadan
chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» schyotlarida jamlab borilib, qaysi hisobot davrida
vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda quyidagi provodkalar bilan hisobdan chiqariladi: D-t 9910
«Yakuniy moliyaviy natija», K-t 9410, 9420, 9430 va 9440.
Dalolatnoma
— buxgalteriya hisobida keng qo‘llaniladigan dastlabki hujjat. Odatda komissiya yoki amalga
oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari uchun mas’uliyatli shaxslar tomonidan tuziladi.
Dastlabki hisob
— hisob jarayonining dastlabki bosqichida xo‘jalik muomalalari ma’lumotlari o‘lchanadi va ular
hujjatlarda qayd etiladi. Dastlabki hujjatlar sintetik va analitik hisobning asosi bo‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham hisob ko‘rsatkichlarining sifati va nazorat qilishdagi hamda
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilishdagi roli uning aniq va o‘z
vaqtidaligiga bog‘liq.
Dastlabki hujjatlar
— xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan paytda tuziladigan va ular amalga oshganligining birinchi
guvohi bo‘lgan buxgalteriya hujjatlari. Dastlabki hujjatlar tuzilishi xo‘jalik muomalalari hisob
registratsiyasining boshlanishi bo‘lib hisoblanadi. Dastlabki hujjatlarga g‘azna kirim va
chiqim orderlari, yukxatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, naryadlar, kvitansiyalar
va h.k. kiradi. Hisobni soddalashtirish va hisob registratsiyasini tezlashtirish uchun ko‘pincha
dastlabki hujjatlarga asosan yig‘ma hujjatlar tuziladi. Buxgalteriya hujjatlari tuzish tartibi
bo‘yicha tasniflanganda hujjatlar dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.
Debet
— buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti bo‘yicha hisob obyektining
ko‘payishi aks ettiriladi, passiv schyotlarning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi.
Hisoblashish schyotlarida debet mazkur korxonaning boshqa korxona va shaxslardan oladigan
summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari). Debet qoldiq (saldo) faqat aktiv schyotlarda
bo‘lishi mumkin.
Har bir schyot ikki qismdan iborat — debet va kredit.
Debitorlar
— debitorlik qarzi bo‘lgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlar va alohida shaxslar.
Debitorlik qarzi
433
— to‘lovlar bo‘yicha mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilot) yoki ayrim
shaxslardan oladigan qarzi. Bu korxona va shaxslar debitorlar deyiladi. Debitorlik qarzi
mablag‘lari korxonaning xo‘jalik aylanmasida qatnashmaydi, shuning uchun uning moliyaviy
holatiga salbiy ta’sir etadi. Buxgalteriya debitorlik qarzlarini yo‘qotish choralarini ko‘rishi
kerak. Debitorlik qarzlarini undirib olish muddati bo‘ladi. Bu muddat o‘tgach quyidagi
provodka bilan zararga o‘tkaziladi: D-t 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar», K-t debitorlik
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar.
Deponent
— mablag‘lari mazkur korxonada vaqtinchalik saqlashda turgan korxona (tashkilot, muassasa) yoki
shaxs.
Dividendlar
— aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari
o‘rtasida (ishtirokchilari, a’zolari o‘rtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari bo‘yicha)
taqsimlanadigan sof foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni
taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, a’zo) tomonidan yuridik shaxsda
ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi,
a’zo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi.
asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish uchun tayinlangan ishlab chiqarish (ta’mirlash ishlari,
yuklarni tashish, suv yetkazib berish, par ishlab chiqarish, elektr ta’minoti va h.k.). Yordamchi
ishlab chiqarishning ish va xizmatlari asosan korxonaning o‘zida iste’mol qilinadi va ayrim
hollarda chetga sotiladi. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga olish uchun 2310 «Yordamchi
ishlab chiqarish» schyoti tayinlangan. Bu schyotning debetiga xarajatlar yoziladi.
Jarima
— pul ko‘rinishida undirib olinadigan ma’muriy yoki sud jazosi. Korxona tomonidan to‘langan
jarima unumsiz xarajatlar bo‘lib hisoblanadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
— daromadi bor shaxslarga davlat tomonidan belgilanadigan majburiy to‘lov. Ushbu daromad solig‘i
davlat budjetining daromadiga tushadi. Bu soliqni to‘lovchilar bo‘lib soliqqa tortilmaydigan
minimumdan ortiqcha daromadi bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblanadi
Jurnal-orderlar
— sintetik va ko‘p hollarda analitik hisobni xronologik tartibda registratsiya qiladigan hisob
registrlari. Ular hisobning jurnal-order shaklida qo‘llaniladi. Ularga yozuvlar hujjatlarning
kelib tushishiga qarab yoki jamg‘arma vedomostlardan oy buyicha jami olib yoziladi.
Registratsiya kredit belgisi buyicha, ya’ni mazkur schyotning krediti va
korrespondentlanuvchi boshqa schyotlarning debeti bo‘yicha olib boriladi. Bunga jurnal-
orderning shaxmat shaklidan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Bunda xo‘jalik
muomalalarining summasi faqat bir marta yoziladi, lekin debetlanuvchi va kreditlanuvchi
schyotlar ko‘rsatiladi. Aksariyat jurnal-order blanklarida yozuvlarni qulaylashtirish uchun
korrespondentlanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan.
Zararlar
—- korxonaga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra unga yetkazilgan zarar.
Zararlar mahsulot, ish va xizmatlarni sotish, tabiiy ofatlar, debitorlik qarzlarini hisobdan
chiqarish, to‘la amortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va boshqalardan
bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratma
korxona, muassasa va tashkilotlarning ijtimoiy sug‘urta budjetiga to‘lovlari. Bu to‘lanmalarning
miqdori hisoblangan ish haqidan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari bo‘yicha belgilangan
yagona foizda aniqlanadi.
Ikkiyoqlama yozuv
434
— xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registratsiya qilish usuli. Bu usul shundan
iboratki, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi — bir schyotning debeti va
ikkinchi schyotning kreditiga.
Imtiyoz
— ma’lum majburiyatlarni bajarishdan qisman ozod etish. Maslan, imtiyozlar soliqlar bo‘yicha
belgilanishi mumkin. Chunonchi, jismoniy shaxslarning donorlik uchun pul mukofotlari,
shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalarga
daromad solig‘i solinmaydi. Yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan oydan e’tiboran ikki yil ichida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
Inventarizatsiya
— natura shaklidagi mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri
kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi
ko‘rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi.
Inventar kartochkalar
— asosiy vositalarni obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun tayinlangan namunali shakldagi hisob
registrlari. Inventar kartochkalar asosiy vositalar xo‘jalikka tushgan vaqtda har bir obyektga
to‘ldiriladi. Bir xildagi obyektlar guruhiga bitta inventar kartochka ochishga ruxsat etiladi.
Kartochkada inventar obyekti to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlar ko‘rsatiladi: uning
nomi, inventar nomeri, amortizatsiya normasi, rekonstruksiya, modernizatsiya, kapital
ta’mirlash, xo‘jalik ichidagi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishlar va obyektning tugatilishi.
Investitsiya
— milliy iqtisodiyotning sanoat, qishloq xo‘jalik, transport va boshqa tarmoqlariga uzoq muddatli
kapital qo‘yilmalar. Investitsiya asosan aksionerlik jamiyatining aksiyalari va
obligatsiyalarini sotib olish tarzida amalga oshiriladi. Investitsiya bu biron-bir tadbirga, ishga
oddiy kapital qo‘yish emas, balki uzoq muddatli mablag‘ qo‘yishdir. Shu munosabat bilan
hozirgi sharoitda Prezidentimizning investitsiya siyosatidagi yangi yondashuvning uchta
asosiy xususiyatini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Isbotlovchi hujjatlar
— xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligani isbotlovchi buxgalteriya hujjatlari. Bu hujjatlar xo‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Isbotlovchi hujjatlar bo‘lib materiallarning kirim orderlari, kvitansiyalar, qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi, yukxat va boshqalar hisoblanadi. Isbotlovchi hujjatlar ijro hujjatlari
deyiladi. Buxgalteriya hujjatlari tayinlanishi bo‘yicha tasnif etilganda isbotlovchi hujjatlar
guruhi ajratib ko‘rsatiladi.
Ishbay ish haqi
— xodimning ish haqi bajarilgan ishning hajmiga bog‘liq bo‘lgan ish haqi tizimi. Ishbay ish haqi
quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: to‘g‘ri ishbay (ish birligining rassenkasi mahsulot
ishlab chiqarish normasi bajarilishiga qarab o‘zgarmaydi); progressiv ishbay (normadan ortiq
bajarilgan ishga oshirilgan rassenka bo‘yicha haq to‘lanadi); mukofot ishbay (ishbay rassenka
bo‘yicha ish haqining ustiga ishda erishilgan natijalar uchun mukofotlar to‘lanadi); egri ishbay
(mazkur xodimning ish natijasi bo‘yicha to‘lov emas, balki uning rahbarligidagi ishbay
ishchilar yoki uchastka (sex)ning pirovard ish natijalari bo‘yicha haq to‘lash). Ishbay ish haqi
yakka va guruhli (brigadali) bo‘lishi mumkin. Oxirgisida bajarilgan ishlar bo‘yicha haq
brigada a’zolari o‘rtasida xodimlarning razryadlari va ularning ishlagan vaqti miqdoriga
mutanosib taqsimlanadi.
Ishlab chiqarish zaxiralari
— korxonadagi barcha materiallar majmuasi. Ishlab chiqarish zaxiralari 1000 «Materiallarni hisobga
oluvchi schyotlar» va boshqa schyotlarda hisobga olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari
435
korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun qilgan xarajatlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
elektr energiya; ishchi va xizmatchilarning ish haqi; asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning
amortizatsiyasi va h.k.).
Ishonchnoma
— ma’lum shaxs tomonidan tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, hujjatlar, shuningdek
ma’lum harakatlarni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat. Namunali shakldagi blankda
rasmiylashtiriladi. Uning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonaning
nomi; hisob-kitob schyotining nomeri va u qaysi bankda ekanligi; ishonchnomaning harakat
muddati; tovar-moddiy qiymatliklarni olishni kim kimga ishongani; tovar-moddiy
qiymatliklarning nomi va miqdori; ishonchnoma oluvchi shaxsning imzosi namunasi; muhr
bilan tasdiqlangan korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari.
Ish haqidan ushlanmalar
— ishchi va xizmatchilardan qonun bilan belgilangan soliqlar va boshqa to‘lovlarni uidirib olish
shakli. Ushlab qolinadigan jarima va yo‘qotgan yoki o‘zlashtirilgan mulklar qiymati ish
haqining 25 foizidan oshmasligi kerak. Ushlab qolinadigan aliment va o‘g‘rilik hamda
kamomad summasi ish haqining 50 foizidan oshmasligi kerak. Soliqlardan tashqari biryo‘la
ushlab qolinadigan ushlanm
Ish haqidan hisoblash
— razmeri ish haqi summasidan foiz hisobida belgilanadigan korxonaning to‘lovlari. Bunday
to‘lovlar bo‘lib ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisoblanadi. Ular ish haqi summasining
razmeriga ta’sir qilmaydi. Bunday ajratmalar korxona hisobidan bo‘lib, ishlab chiqarish yoki
muomala xarajatlariga o‘tkaziladi. Foiz hisobida asosiy ish haqidan navbatdagi ta’til haqini
to‘lash uchun rezervga ajratiladi. Bu summalar qo‘shimcha ish haqi bo‘lib hisoblanadi.
Ish haqining turlari
— nima uchun hisoblanganligiga qarab ishchi va xizmatchilar ish haqining bo‘linishi. Shu nuqtai
nazardan asosiy ish haqi va qo‘shimcha ish haqi bo‘ladi.
Ish haqi fondi
ma’lum davr vaqt ichida korxona, tarmoq yoki butun xalq xo‘jaligining ishchi va xizmatchilariga
hisoblanadigan ish haqi summasining jami.
Yillik moliyaviy hisobot
— hisobot yilida korxona faoliyatini har tomonlama ta’riflovchi hisobot turi. Yillik moliyaviy hisobot
inventarizatsiya va boshqa usullar bilan tekshirilgan hisob ma’lumotlariga asosan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni (16-modda) bilan
yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: I. Korxona balansi; 2.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; 3. Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot; 4. Pul
oqimlari to‘g‘risida hisobot; 5. Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot. Yuqoridagi hisobot
shakllariga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Kalkulyatsiya
— xarajatlarni guruhlash va sotib olingan moddiy qiymatliklarni, tayyorlangan mahsulot va
bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash usuli. Kalkulyatsiya tannarx bo‘yicha reja bajarilishi,
uning pasayishi va haqiqiy xarajatlarning rejadigidan farqlanishini aniqlash imkoniyatini
beradi.
Demak, tannarxni kalkulyatsiya qilish korxonaning har bir bo‘limida tejamkorlik rejimini amalga
oshirish quroli bo‘lib hisoblanadi. U xarajatlar obyektlari bo‘yicha va kalkulyatsiya moddalari
bo‘yicha ko‘rsatiladigan hujjat ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Tuzilgan vaqti va tayinlanishiga qarab kalkulyatsiya rejali, normativ va hisobot kalkulyatsiyasiga
bo‘linadi.
Kapital qo‘yilmalar
— natijada asosiy vositalarni ko‘paytiradigan xarajatlar. Ular bino va inshootlarni qurishga, mashina,
asbob-uskuna va inventarlarni sotib olishga, bog‘lar tashkil qilish va h.k.larga yo‘naltiriladi.
Korxonalarda kapital qo‘yilmalar tasdiqlangan titul ro‘yxati va loyiha-smeta hujjatlari
436
bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin. Kapital qo‘yilmalar ularning yo‘nalishi, rejalashtirish
tartibi, kapital ishlar turlari, qurilish obyektlarining qiymati, qurilish ishlarini olib borish
usullari bo‘yicha guruhlanadi. Yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish obyektlari turar joy,
maktab, shifoxona va h.k.larga bo‘linadi. Rejalashtirish tartibiga qarab kapital qo‘yilmalar
davlat rejasida nazarda tutilgan va davlat rejasida nazarda tutilmagan qo‘yilmalarga bo‘linadi.
Davlat rejasida nazarda tutilmagan kapital qo‘yilmalar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.
Kontraktiv schyotlar
— aktiv schyotlarning ko‘rsatkichlarini tartibga solish uchun tayinlangan kontrar schyotlar.
Kontraktiv schyotlarga 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar»,
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar», 2980 «Savdo
ustamasi», 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv» schyotlari kiradi.
Kontrpassiv schyotlar
— passiv schyotlar ko‘rsatkichlarini tartibga keltirish uchun tayinlangan kontrar schyotlar. 8600
«Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlar», 9040 «Sotilgan tovarlarning
qaytishi», 9050 «Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schetlari kontrpassiv
schyotlarga misol bo‘ladi.
Korxona va muassasalarning banklardagi schyotlaridan ko‘chirma
— bank muassasalari tomonidan korxonalarga beriladigan va ularning hisob-kitob, joriy va ssuda
schyotlaridagi pul mablag‘lari harakatini aks ettiradigan hujjatlar. Ko‘chirmalarda korxona
schyoti bo‘yicha bankdagi yozuvlar kopiyasidagi sana, hujjatlar nomerlari, schyotning debeti
va krediti bo‘yicha yozuvlar summasi, shuningdek mablag‘lar qoldig‘i yoki ssudalar bo‘yicha
qarz ko‘rsatiladi. Isbotlovchi hujjatlar (schyotlar, to‘lov topshiriqnomalari va b.) ilova
qilingan holda ko‘chirmalar korxonaga har kuni yoki boshqa belgilangan muddatlarda
beriladi. Olingan hujjatlar buxgalteriya tomonidan tekshiriladi va «Hisob-kitob schyoti»ga,
«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»ga, qisqa va
uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarga yozish uchun asos bo‘ladi.
Ko‘chirmalardagi yozuvlarning to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng korrespondentlanuvchi
schyotlar aniqlanadi. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, bankning ko‘chirmalaridagi debet
va kreditning ma’nosi korxonadagi schyotlarning debet va kreditiga teskari.
Kredit
— buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning krediti bo‘yicha kamayishi passiv
schyotlarning krediti hisob obyektini ko‘payishini ko‘rsatadi. Kredit qoldiq faqat passiv
schyotlarda bo‘lishi mumkin.
Kreditorlar
— mazkur korxonaning boshqa korxona (tashkilot, muassasa)lar va ayrim shaxslar oldidagi ma’lum
qarzi. Bu korxonalarga to‘lanadigan qarz kreditorlik qarzi deyiladi. Kreditorlar bilan olib
boriladigan hisoblashishlar majburiyatlarni hisobga oladigan schyotlarda yuritiladi.
Kreditorlarning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.
Kreditorlik qarzi
— mazkur korxonaning boshqa korxonalar (muassasa, tashkilotlar) va ayrim shaxslardan qarzi. Bu
korxona va shaxslar kreditor hisoblanadi. Kreditorlik qarzlarining vujudga kelishi mol oluvchi
va mol yuboruvchilar orasida amal qilayotgan hisoblashish qonunlarining (mol
yuboruvchilarning schyotlariga haq ulardan materiallar olingandan so‘ng to‘lanadi, hisoblash
usuli) natijasidir yoki korxonalar tomonidan to‘lov majburiyatlarining o‘z vaqtida (turli
sabablarga ko‘ra) bajarilmaganligi natijasidir.
Limit-zabor kartasi
— tovar-moddiy qiymatliklarni foydalanishga jo‘natish hisobi bo‘yicha hujjat. Bu hujjatdan turli
xo‘jaliklarda foydalaniladi. Limit-zabor karta kombinlashgan jamg‘arma hujjat bo‘lib
hisoblanadi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: harakat qilish muddati, oluvchining nomi,
beriladigan materiallarning turi va limiti. Moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatilgan muddat
437
ichida belgilangan limit doirasida materiallar jo‘natadi. Bunda har gal limit-zabor kartasiga
jo‘natilgan materiallar yozib qo‘yiladi. Bir yo‘la tuziladigan yukxatlar o‘rniga bunday
kartalardan foydalanish hujjatlar sonini kamaytirishga olib keladi.
Memorial-order
— buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning
mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi (schyotlar
korrespondensiyasi) ko‘rsatiladi. Memorial-orderlar maxsus blanklarda tuziladi va bosh
(katta) buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Unga isbotlovchi hujjatlar
ilova qilinadi. Har bir memorial-orderga tartib nomeri qo‘yiladi. Har oyda tuziladigan
memorial-orderlar soni yo‘riqnoma bilan belgilanmaydi. Bu masalani bosh buxgalter hal
qiladi. Lekin bir xil muomalalar bo‘yicha tuzilgan memorial-orderlar barcha oylarda ham bir
xil nomerga ega bo‘lishi kerak. Masalan, g‘azna muomalalarini aks ettiruvchi memorial-order
nomeri barcha oylarda bir bo‘lishi kerak, hisob-kitob (joriy) schyot muomalalarini aks
ettiruvchi memorial-orderlarning nomeri ikki bo‘lishi kerak va h.k. Bu kerakli hujjatlarni
qidirib topish va turli ma’lumotlarni olishni osonlashtiradi. Hisobning memorial-order
shaklida memorial-orderlar ro‘yxatga olish jurnalida registratsiya qilinadi va ularga ilova
qilingan hujjatlar bilan birga schyotlar bo‘yicha bosh daftarga yozish uchun asos bo‘ladi.
Mehnat ta’tili
— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlab berilgan har yillik dam olish naqti bo‘lib,
bu davrda xodimning ish o‘rni (lavozimi) na o‘rtacha maoshi saqlanib qoladi. Mehnat ta’tili
har bir ishchi yoki xizmatchiga yiliga bir marta berilib, birinchisini olish uchun xodim
muayyan bir korxona (muassasa)da o‘n bir oy ishlab berishi zarur. Ana shu uzluksiz ish
muddatidan oldin xodim iltimosiga ko‘ra mehnat ta’tili faqat quyidagi hollarda beriladi:
ayollarga— homiladorlik bo‘yicha yoki tug‘ishdan oldin yoki darhol undan keyin beriladigan
ta’tildan oldin; 18 yoshga to‘lmagan ishchi va xizmatchilarga, zaxiraga chiqarilgan va
tashkiliy ravishda ishga qabul qilish tartibida ishga yo‘llanma olgan harbiy xizmatchilarga —
uch oy ishlagandan so‘ng; qonunda belgilangan boshqa hollarda.
Mehnat haqi
— mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-
huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan
barcha to‘lovlar mehnat haqi deb e’tirof etiladi. Mehnat haqiga rag‘batlantirish xususiyatiga
ega bo‘lgan to‘lovlar, kom-pensatsiya to‘lovlari va ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lashlar
ham kiradi.
Milliy valyuta
— mamlakatning pul birligi. Milliy valyuta tizimi milliy valyutaga asoslanadi. Milliy valyuta nakd
pul (banknot va tangalar) shaklida va naqd pulsiz (bank schyotlaridagi qoldiq) shaklida
bo‘ladi. Naqs pul shaklidagi valyuta 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyotida
hisobga olinadi. Milliy valyutaning emitenti bo‘lib Markaziy bank hisoblanadi.
Moddiy javobgar shaxs
— ma’lum moddiy qiymatliklar yoki pul mablag‘larining butligiga mas’ul shaxslar. Moddiy javobgar
shaxs bo‘lib omborchilar, g‘aznachilar va mas’ul saqlashga moddiy qiymatliklar va pul
mablag‘larini qabul qilgan boshqa xodimlar hisoblanadi.
Mol yuboruvchi
— mol oluvchilarga o‘z mahsulotini yuklab jo‘natadigan korxona. Mol yuboruvchi bilan mol
oluvchining o‘zaro munosabati shartnoma bilan tartibga solinadi va ular orasidagi hisob-
kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Mol oluvchilar mol yuboruvchilar bilan hisob-
kitobni 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida
hisobga oladi. Mol yuboruvchilardan olingan moddiy qiymatliklar summasi moddiy
qiymatliklarni hisobga oladigan schyotlarning debeti va 6010-schyotning kreditiga yoziladi.
Mol yuboruvchilarga o‘tkazib berilgan summaga 6010-schyot debetlanib, pul mablag‘larini
hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
438
Murakkab buxgalteriya provodkasi
— bir schyot debetlanib, bir necha schyotlar kreditlanadigan yoki bir necha schyotlar debetlanib, bir
schyot kreditlanadigan buxgalteriya provodkasi. Murakkab buxgalteriya provodkasida
schyotlarning debetiga va kreditiga yozilgan summalar o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Murakkab
buxgalteriya provodkasi mohiyatan bir necha oddiy provodkalarning birlashmasi hisoblanadi.
Bunda hisob yozuvlari ancha qisqaradi.
Nakladnoy (yukxat)
tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish bo‘yicha biryo‘la tuziladigan dastlabki hujjat.
Nakladnoylar barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda qo‘llaniladi hamda moddiy
qiymatliklarni qabul qilish yoki jo‘natishda isbotlovchi hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Netto
— tovarlarning idishsiz massasi, ya’ni uning sof massasi. Shu bilan birga amalda tovarlarning
massasini idishi bilan (brutto) aniqlash va hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Nomoddiy aktivlar
— moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xo‘jalik
faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan,
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
Nomoddiy aktivlar hisobi 7-son BHMS «Nomoddiy aktivlar» asosida tartibga solinadi.
Xo‘jalik mablag‘larining bu guruhiga quyidagilar kiradi: tabiiy resurslardan, yerdan
foydalanish huquqi, ixtirolar, patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari, sotib
olingan dasturiy mahsulotlar qiymati, brokerlik o‘rinlari yoki brokerlik o‘rinlaridan
foydalanish huquqdari, firmani ro‘yxatdan o‘tkazgunga qadar ta’sis hujjatlarini tayyorlash va
reklama xarajatlari va boshqa intellektual (aqliy) mulk, jumladan «bilaman qanday» deb
tarjima qilinadigan nou-xau.
Obligatsiya
— uning egasi ma’lum miqdorda pul to‘laganini va unda belgilangan muddatda nominal qiymatini
va aniq belgilangan foizini so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlar ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar.
Obligatsiyalarni korxonaning nizom jamg‘armasini shakllantirish va to‘ldirish, shuningdek
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararni qoplash uchun chiqarish mumkin.
Oddiy buxgalteriya provodkasi
— bitta schyot debetlanib, ikkinchi schyot kreditlanadigan buxgalteriya provodkasi.
Passiv
— buxgalteriya balansining bir qismi bo‘lib, unda korxona mablag‘lari tashkil bo‘lish manbalari va
tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balansning passivi aktiviga o‘xshab ikkita bo‘lim va bir qancha
moddalardan iborat.
Passiv schyotlar
— o‘z mablag‘lar manbaini va majburiyatlarni hisobga oluvchi buxgalteriya hisobi schyotlari.
Mablag‘lar manbalari ko‘payishi passiv schyotlarning kreditiga, kamayishi debetiga yoziladi.
Qoldig‘i kreditida bo‘lib, balansning passivida ko‘rsatiladi. Schyotlar rejasida passiv
schyotlarning ro‘parasiga «P» (passiv) harfi qo‘yilgan.
Penya
— to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun undirib olinadigan moliyaviy chora. Penyaning
miqdori to‘lashga tegishli bo‘lgan summadan har bir to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan kun
uchun foizda qonun bilan belgilanadi. Penya qonunga yoki shartnomaga binoan undirib
olinadi. Korxona tomonidan to‘langan penya unumsiz xarajat bo‘lib, penya to‘lash
hisoblanganda 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 6990 «Boshqa
majburiyatlar» schyoti kreditlanadi. Penya summasi o‘tkazib berilsa, 6990-schyot debetlanib,
5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Pudratchi
— buyurtmachi korxona bilan shartnoma bo‘yicha ish bajaruvchi qurilish tashkiloti. Pudratchi
muayyan maxsus (sanitar-texnik va b.) ishlarni boshqa, subpudratchi deb nomlanuvchi
439
tashkilotlarga berishi mumkin. Buyurtmachi pudratchilar bilan olib boradigan hisob-kitobni
6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotida yuritadi.
Pudratchilarning schyotlari to‘lashga qabul qilinganda 0810 «Tugallanmagan qurilish»
schyoti debetlanib, 6010-schyot kreditlanadi. Pudratchilarga pul o‘tkazib berilganda 6010-
schyot debetlanib, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar kreditlanadi.
Pul
— barcha boshqa tovarlar uchun ekvivalent bo‘lgan maxsus tovar bo‘lib, uning yordamida
ayirboshlash amalga oshiriladi. Pul iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u tovar ishlab chiqarish bilan
bog‘liq.
Qog‘oz pullar va mayda tangalar pul belgilari hisoblanib, davlat tomonidan chiqariladi va
O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha to‘lovlar bo‘yicha qabul qilinishi majburiy
hisoblanadi.
Har bir davlat o‘zining pul birligiga ega. O‘zR pul birligi bo‘lib so‘m hisoblanadi. Bozor
munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini faqat pul
o‘lchovida olish mumkin.
Pul mablag‘lari
— korxona kassasida, bankdagi hisob-kitob schyotida, akkreditivlarda, hisobdor shaxslarda turgan
pul ko‘rinishidagi mablag‘lar. Korxonalar bo‘sh mablag‘larini bankdagi schyotlarda saqlashi
kerak. Korxona kassasida belgilangan limitdan ortiqcha summa saqlanmasligi kerak.
Limitdan ortiqcha summa faqat ayrim hollarda, masalan, ish haqi beriladigan kunlari
saqlanishi mumkin. Korxona va tashkilotlarda pul mablag‘lari tushishi asosiy manbai bo‘lib
mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan tushum hisoblanadi. Naqd pul to‘lash faqat
qonun bilan belgilangan hollarda (ish haqi berish, hisobdor shaxslarga bo‘nak berish, mayda
inventar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish va b.) bo‘lishi mumkin. Odatda korxona, tashkilot
va muassasalar bilan hisoblashishlar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Pul cheki
— bankdagi hisob-kitob schyotidan tegishli miqdordagi pulni olish uchun subyektning bankka
beradigan buyrug‘ini aks ettiradigan hujjat.
Rezerv
— zarur bo‘lgan hollar uchun biror narsaning zaxirasi.
Saldo — xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha qoldiq.
Sintetik hisob — pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi hisob. Bunday ko‘rsatkichlar
sintetik schyotlarda bo‘lib, ular mavjud mablag‘lar hamda ularning manbala-ri va harakati
(asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va
hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va sh.k.) to‘g‘risida umumiy
tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda
detallashtiriladi. Sintetik hisob registrlari bo‘lib bosh daftar, jurnal-orderlar hisoblanadi.
Sintetik hisob schyotlari — sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Sintetik hisob
schyotlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy schyotlarning ko‘rsatkichlari
detallashtirilmaydi va ular bo‘yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning
ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lgan hollarda, analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik
schyotlarning ro‘yxati schyotlar rejasida keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‘zining shifri
(nomeri)ga ega. Hozir qo‘llanilayotgan schyotlar rejasida (21-son BHMS) subschyotlar yo‘q.
Soliqlar — korxona va ayrim shaxslarning davlat yoki mahalliy budjetga majburiy to‘lovlari.
Sof foyda — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin yuridik shaxs ixtiyorida
qoladigan foyda.
Schyot-faktura — qat’iy hisobot hujjati bo‘lib, mol yuboruvchi tomonidan har bir jo‘natilgan yoki
sotilgan mahsulot, shuningdek bajarilgan ish va xizmatlar uchun yoziladi.
Tayyor mahsulot — korxonada ishlab chiqarishi tugallangan, belgilangan standartlarga yoki texnik
shartlarga to‘g‘ri keladigan mahsulot.
440
Tannarx — mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan
moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab
chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi.
Tovar mahsuloti — hisobot davrida ishlab chiqarilgan va sotish uchun tayinlangan yoki shu davr
ichida haqiqatda sotilgan mahsulot. Tovar mahsuloti yalpi mahsulotning tarkibiy qismi bo‘lib
hisoblanadi.
To‘lov vedomosti — ish haq to‘lash bo‘yicha buxgalteriyada tuziladigan hujjat. Hisoblash-to‘lov
vedomostidan shu bilan farqlanadiki, oy boshiga bo‘lgan hisoblashish holati, nimalar uchun
hisoblangani va ish haqidan ushlanmalar ko‘rsatilmaydi. To‘lov vedomostida faqat familiyasi,
ismi, otasining ismi, uning tabel nomeri va vedomost bo‘yicha tartib nomeri, olinadigan
summasi va olgani to‘g‘risida imzosi ko‘rsatiladi. To‘lov vedomostining birinchi betiga
vedomost bo‘yicha beriladigan umumiy summa va korxona rahbarining hamda bosh (katta)
buxgalterining imzolari va muhr qo‘yiladi.
To‘lov talabnomasi — mablag‘ oluvchining to‘lovchi tomonidan bank orqali ma’lum bir summani
to‘lash to‘g‘risida talabi aks ettirilgan pul-hisob-kitob hujjati.
To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat qiluvchi bankka o‘z schyotidan oluvchining
schyotiga ma’lum bir summani o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i.
Uzoq muddatli kreditlar — bir yildan ortiq muddatga beriladigan kreditlar. Ular odatda kapital
qo‘yilmalar, asosiy podani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq muddatli kreditlar 7810-
«Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotida hisobga olinadi.
Ulgurji baholar — bir korxona ikkinchi korxonaga yoki davlatga sotadigan mahsulotning narxi. Bir
korxona ikkinchi korxonaga yoki tayyorlov-ta’minot korxonalariga sotadigan mahsulotining
narxlari korxonaning ulgurji bahosi deyiladi. Bu baholarga sotiladigan mahsulotning tannarxi
va korxonaning foydasi kiradi. Ushbu tarmoqdan tashqariga mahsulotlar korxonaning ulgurji
bahosida sotiladi. Bu bahoga qo‘shilgan qiymat solig‘i, ta’minot tashkilotiga beriladigan
chegirma (ustama)lar kiradi.
Ustav fondi — normal ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash uchun davlat korxonasiga umumdavlat
resurslaridan ajratilgan asosiy va aylanma mablag‘larining manbai. 21-son BHMS bo‘yicha
2004 yil 1 yanvarda kuchga kirgan buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida «Ustav fondi»
nomi bilan atalgan schyot keltirilmagan. Davlat korxonalari ustav fondi hisobini 8330-«Ustav
kapitalini hisobga oluvchi» schyotlarda yuritadi.
Favqulodda foyda (zarar) — ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik
yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar
natijasida paydo bo‘ladigan va kutilmagan moliyaviy natija.
Foizlar — har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan obligatsiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlar, shuningdek depozit qo‘yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan
olingan daromad.
Foyda — xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan tushgan sof tushum
bilan sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq.
Xizmat safari xarajatlari — tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safarlari joyiga borish va qaytib
kelish uchun haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qo‘yish haqi.
Shartnoma — ikki yoki bir necha tomonlar (jismoniy va yuridik shaxslar)ning ma’lum o‘zaro
munosabatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki tugatishga yo‘naltirilgan kelishuv. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish sharoitida korxonalar o‘zaro turli shartnomalar (mol jo‘natish, mol olish,
pudrat va h.k.)ni tuzadilar va ular albatta bajarilishi kerak. Shartnoma majburiyatlarini
bajarmaganlik uchun tomonlar qonun bilan belgilaigan javobgarlikka tortiladi. Korxonalarda
shartnomalarning bajarilishi tezkor hisobini yuritish kerak.
talab qiladigan qandaydir masalaning o‘rganilishi (sud-buxgalteriya ekspertizasiga qarang).
Qisqa muddatli kreditlar — bank tomonidan bir yilgacha muddatga ko‘pincha korxona aylanma
mablag‘larini vaqtinchalik to‘ldirishga beriladigan kreditlar. Bankning qisqa muddatli
441
kreditlarining turlari bo‘lib tovar-moddiy qiymatliklarning normadan ortiq zaxirasi uchun
olinadigan ssuda, aylanma bo‘yicha kreditlar, ishlab chiqarishning mavsumiy xarajatlari va b.
sanaladi. Respublika Markaziy bankining 1999 yil 16 martda qabul qilingan 33-son «Xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga qisqa muddatli kreditlar berilishini tashkil etish qoidalari»da kredit
berish tartibi va ta’minlash asoslari belgilangan.
G‘azna orderlari — g‘aznaga qabul qilinayotgan pullarning qonuniyligi va ular maqsadli tayinlanishi
bo‘yicha sarflanishini tasdiqlovchi hujjatlar.
G‘aznachining hisoboti — buxgalteriyaga korxona (muassasa, tashkilot)ning g‘aznachisi tomonidan
beriladigan hisobot. U g‘azna daftarining yirtib olinadigan varag‘i bo‘lib, unga g‘azna kirim,
chiqim orderlari ilova qilinadi. G‘aznachi hisobotni buxgalteriyaga har kuni yoki belgilangan
muddatlarda topshiradi. Buxgalter hisobotni tekshirib, u qabul qilinganligi to‘g‘risida g‘azna
daftariga imzo qo‘yadi. G‘azna muomalalari buxgalteriya hisobi uchun g‘aznachining
hisoboti asos bo‘lib hisoblanadi.
Hisob — birorta narsa mavjudligini belgilash, uni o‘lchash va son hamda sifat tomonidan qayd etish.
Hisob xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy hayotning barcha jabhalari to‘g‘risidagi doimiy axborot
bilan ta’minlaydi. Jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan hisob
axborotlarining hajmi ortadi va jamiyat hamda xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va
boshqarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun hisobni yanada takomillashtirish
zarur. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi, statistika hisobi va tezkor hisoblarni
o‘z ichiga oluvchi yagona xalq xo‘jaligi hisobi tashkil etilgan.
Hisobdor shaxslar — keyinchalik qilinadigan xarajatlar uchun hisobini berish sharti bilan pul
mablag‘ini olgan shaxslar.
Hisob-kitob schyotidan ko‘chirma — subyektning bankdagi shaxsiy hisob-kitob schyotining
ko‘chirmasi nusxasi. Unda pul mablag‘larining harakati, qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumot
ma’lum davrda berib turiladi. Subyektlar bank bilan kelishilgan kunlarda hisob-kitob
schyotidan ko‘chirma olib turadi. Unda hisobot davrida sodir bo‘lgan muomalalar o‘z aksini
topadi. Ko‘chirmaga pul mablag‘larini qabul qilish yoki ko‘chirish uchun asos bo‘lgan boshqa
subyektlar tomonidan berilgan schyotlar, to‘lov talabnomalari va subyekt tomonidan berilgan
to‘lov topshiriqlari va boshqa hujjatlar ilova qilinadi. Ko‘chirmada pul mablag‘larining
qoldig‘i va hisob-kitob schyotiga kirim kreditga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini
saqlab, o‘zini korxonadan qarzdor deb biladi (uning kreditorlik qarzi), o‘zining qarzi
kamayishi esa (hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazib berish, naqd pul berish) — debetga
yoziladi. Buxgalter qo‘chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib, qoldiq va
tushumni 5110 «Hisob-kitob schyoti»ning debetiga, chiqimni esa — kreditiga yozishi kerak.
Hisoblash-to‘lov vedomosti — ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni aks ettiradigan yig‘ma
hujjat. Bu hujjat belgilangan shaklda har oyda tuziladi. Unda har bir xodim bo‘yicha
quyidagilar ko‘rsatiladi: tabel nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, oy boshiga
hisoblashishning holati, oy bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi, mehnat haqi yuzasidan
berilgan bo‘nak, ushlangan soliqlar, ijro varaqalari bo‘yicha ushlanmalar, qo‘liga beriladigan
summa. Vedomost bo‘yicha jami summa (mazkur vedomost bo‘yicha hisoblangan ish haqi,
to‘lashga tegishli summa, haqiqiy to‘langan summa va deponentlangan summa) so‘z bilan va
raqamda ko‘rsatiladi. Barcha hujjatlar kabi hisoblash-to‘lov vedomosti ham tegishli ravishda
tekshiriladi va tasdiqlanadi.
Hisobning jurnal-order shakli — buxgalteriya hisobining shakllaridan biri. Bu shaklda jamg‘arma
registrlari keng qo‘llaniladi va chiziqli-pozitsiyali yozuv usulidan foydalaniladi. Jamg‘arma
hisob ma’lumotlari korrespondentlanuvchi schyotlar bo‘yicha olib boriladi va shu bilan
memorial-orderlar tuzishga ehtiyoj qolmaydi. Odatda bitta registrda xronologik yozuv,
sintetik va analitik hisob birga qo‘shib olib boriladi..
Hisob registrlari — hisob yozuvlari uchun tayinlanib, chizilgan qog‘oz varaqlari. Ular tipografiya
usulida tayyorlanadi va ularda qanday obyektlar hisobga olinishi hamda qanday ko‘rsatkichlar
olinishiga qarab turli shakllar (chiziqlar)ga ega bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha hisob
442
registrlari erkin varaqlarda (vedomostlarda), kartochkalar va daftarlarda bo‘lishi mumkin.
Mazmunining hajmiga qarab hisob registrlari sintetik hisob va analitik hisobga ajratiladi.
Hisob yozuvlarining turlariga qarab hisob registrlari xronologik va tizimli (sistematik)ga
bo‘linadi.
Hujjat — yozma isbot, guvoh. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuv hujjatlarga asoslanadi.
Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish yoki haqiqiy amalga
oshganligi, uning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi yozma dalildir.
Hujjat aylanishi — hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtidan ularni arxivga topshirishgacha
bo‘lgan hujjatlar harakati. Korxonaning xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv, bo‘lim, sex, uchastka,
brigada va h.k.)da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda shaklan va
mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab guruhlanadi va hisob registrlariga yozish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hisob registrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib, turli
ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega
bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo‘q qilinadi. Har bir korxonada
hujjat aylanishi rejasi bo‘lib, unda tegishli hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga
qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasida «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» va «Elektron hujjat aylanishi
to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi elektron hujjat aylanishini rivojlantirish va
elektron raqamli imzoni qo‘llash uchun huquqiy asos yaratdi.
Hujjatlashtirish — xo‘jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish. Hujjatlashtirish yordamida
xo‘jalik muomalalari yoppasiga muomala sodir bo‘lgan joyda va vaqtda aks ettiriladi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, yozuvlar faqat
hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Soliq subyekti - soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha
qilib aytganda soliq subyekti - bu soliqqa oid munosabatlarni tashkil etuvchi tomonlarning
o‘zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to‘lovchilar boshqa tomondan soliqni
undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari qatnashadi. O‘z faoliyatida barcha yuridik
va jismoniy shaxslar soliq subyekti sifatida namoyon bo‘lmaydi. Chunki, bu yerda soliqlardan
batamom ozod etiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar mavjudki, ular soliq subyekti sifatida
soliq munosabatlarida ishtirok etmaydi.
Soliq agenti - yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib
beruvchi yuridik shaxslar. Bunday yuridik shaxslar o‘z faoliyatida bevosita yoki bilvosita
ishtirok etgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning mazkur
korxonada o‘z mehnati, investitsiyasi bilan ishtirok etishi natijasida olgan daromadi
(foydasi)dan soliqlarni ushlab qoladi va davlat budjetiga o‘tkazib beradi. Soliq agentlari davlat
budjetiga soliqlarni bevosita yoki bilvosita ishga yollaganligi natijasida to‘lanadigan ish
haqidan, dividendlardan, doimiy muassasaga ega bo‘lmagan norezident yuridik va jismoniy
shaxslardan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summalarini ushlab qoladi va budjetga o‘tkazib
beradi, ushlab qolinmagan, kam ushlab qolingan va o‘z vaqtida o‘tkazib berilmagan soliq
summasi uchun qonunchilikda belgilangan moliyaviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka
tortiladilar. Har bir yuridik shaxs soliq munosabatlarida soliq subyekti bo‘lishi bilan
birgalikda soliq agenti sifatida ham ishtirok etadi. Soliq agenti iqtisodiy adabiyotlarda asosan
fiskal agent sifatida qayd etiladi.
Soliq obyekti - soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladigan daromadi, oboroti va mol-mulki tushuniladi. Soliq obyekti sifatida foyda yoki
daromad, muayyan tovarlarni qiymati, yer maydoni, jismoniy va yuridik shaxslarning
mulklari, tabiiy resurslardan foydalanish miqdori va boshqalar kiradi. Soliq obyekti aslida
jamiyatdagi mavjud moddiy va ma’naviy boyliklarning ayrimlariga qonun yo‘li bilan ulardan
foydalanuvchi, egalik qiluvchi va tasarruf qiluvchi soliq subyektlarining huquqlarini soliqqa
tortishni ifodalaydi. Binobarin, moddiy yoki ma’naviy boyliklar soliq obyekti qilib albatta
unga mulkiy huquqga ega bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Masalan, egasiz imoratga soliq
443
solinmaydi, chunki egasiz imoratga nisbatan soliq subyekti mavjud emas, vaholanki, bo‘lgan
taqdirda ham soliq obyekti sifatida imorat emas, balki ushbu imoratga bo‘lgan mulkiy
huquqqa soliq solinadi. Shu jihatdan aytish mumkinki, soliq obyekti aslida yuridik va
jismoniy shaxslarning mulkiy huquqi va daromadiga qaratiladi.
Soliqqa tortish predmeti - soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan
huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga
bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi,
imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga
kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini
namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi
soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq
subyektini yoki soliq to‘lovchisini namoyon etadi.
Soliq manbai - bu soliq to‘lovchining to‘laydigan soliqlari manbai, ya’ni daromadi. Soliq obyekti va
soliq manbaini bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Ayrim soliq turlari bo‘yicha, masalan,
foydaga, yalpi daromadga, jismoniy shaxslarning daromadiga soliqlar bo‘yicha soliq obyekti
ham soliq manbai ham bir xil bo‘ladi, ya’ni nima obyekt bo‘lsa, uning o‘zi manba hisoblanadi.
Soliq solinadigan bazasi - soliq obyektining soliq stavkasi qo‘llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan
soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi
qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq solinadigan bazaning miqdori
qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan
chegirmalarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq bazasini soliq to‘lovchilarning
mazkur toifasiga taqdim etiladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga ruxsat
etiladi.
Soliqqa tortish birligi - bu obyektning o‘lchov birligi, masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida
obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida o‘lchov
birligi bo‘lib kv.m. yoki gektar hisoblanadi.
Soliq stavkasi – soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan qonunchilik tomonidan belgilab
qo‘yilgan meyordir. Soliq stavkalari fizlarda yoki mutlaq summada belgilanishi mumkin.
Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir.
Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga
ta’sir etadi.
Soliq imtiyozlari - soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik
va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq
imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun soliq
solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek soliq imtiyozlardan kelib chiqib, soliq
summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Soliqqa tortish usullari uch xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ular quyidagilarga: soliqqa tortishning
kadastrli, deklaratsiya va manba oldidan soliqqa tortish usullariga ajratiladi.
Soliq davri u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza aniqlanadigan hamda soliq miqdori hisoblab
chiqariladigan davrdir. Soliq davri bir necha hisobot davriga bo‘linishi mumkin. Hisobot
davrlari yakunlanganda soliq hisobotlarini taqdim etish lozim bo‘ladi. Joriy avans (bo‘nak)
to‘lovlarini to‘lash davri hisobot davri bo‘lmaydi.
Soliqlarni to‘lash muddatlari va tartiblari. Soliq qonunchi-ligida har bir soliq turining budjetga to‘lash
muddatlari belgilangan. Soliqni to‘lash muddatlari deganda soliq to‘lovchilarning davlat
budjeti oldida soliq majburiyatlarining bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni to‘lash
muddatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: joriy avans (bo‘nak) to‘lovlari va
haqiqiy daromad olinganidan keyingi to‘lovlar.
Soliqni to‘lash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi (budjetga yoki budjetdan tashqari fondlarga),
soliqni to‘lash vositasi (milliy valyuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar milliy valyutasida.
444
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valyuta, so‘mda
to‘lanishi mumkin) hamda soliqni to‘lash shakllari (naqd pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
Soliq yuki - soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan
soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq
to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon
hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab
o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni
to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat) larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi.
Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga
to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukini
ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi
soliq yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodarajada ifodalanganda butun
mamlakat miqyosida ifodalanib, asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig‘ida davlat
budjetiga kelib tushgan soliqlar yig‘indisini ana shu vaqt oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki
mahsulot (YAIM) yoki milliy daromad (MD) ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifodalanganda
alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa,
mikrodarajada esa aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalanadi.
445
Dostları ilə paylaş: |