tsexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan
topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish
uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda
ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar
sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda,
marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi
lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig‘i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan
ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha
nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi
nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan
detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa,
unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin
yoziladi va zarur detallarni tsexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi
detallarni jo‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga
beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlar
belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada
boshlang‘ich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. O‘ayta
ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruhlanadi va
ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida
hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig‘ma
hujjatlar tuziladi.
Dostları ilə paylaş: