Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka 
tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda yer uchastkalari uchun yer solig‘i jismoniy 
shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan 
stavkalar bo‘yicha undiriladi. 
 
25.5. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliqni byudjetga to‘lash tartibi 
Yer solig‘i to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 
1) madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari – o‘z 
zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda foydalanadigan yer uchastkalari uchun; 
2) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston 
chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 
nogironlar, 1941–1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, 
bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik 


275 
shaxslar mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga 
shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi; 
3) yangi tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan 
e’tiboran ikki yilga; 
4) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan 
e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish 
tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qaytadan boshlangan taqdirda, ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi 
hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi: 
1) bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi (kirish 
yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa 
garajlarining yerlari; 
2) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari, bundan xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan 
yerlar mustasno. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari jumlasiga davlat 
qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat 
tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarining (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan 
buyurtma qo‘riqxonalari bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning yer uchastkalari kiradi; 
3) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar 
bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga 
berilgan, profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega 
bo‘lgan yer uchastkalari; 
4) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan 
mustasno) – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar 
hamda tashkilotlarga berilgan yerlar; 
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan yerlar 
bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-
madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat 
yodgorliklari egallagan yerlar; 
6) suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv 
omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, 
shuningdek suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda berilgan suv 
havzalari hamda boshqa suv ob’ektlari sohillari bo‘ylab ajratilgan mintaqa yerlari kiradi; 
7) elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar; 
8) umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va 
radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele 
aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat 
ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda 
boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar; 
9) madaniyat, xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash ob’ektlari egallagan yerlar; 
10) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
11) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy 
inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va 
yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘llar stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan 
tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik 
foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 
12) shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti 
bekatlari va metropoliten stantsiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar; 
13) sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish 
hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar; 


276 
14) aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari: magistral suv quvurlari, 
vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stantsiyalari, suv 
olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va 
dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 
15) magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong‘inga 
qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, truboprovodlarni katodli himoyalash stantsiyalari ularni 
tarmoqqa ulash uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash 
inshootlar egallagan yerlar; 
16) magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, 
aralashtiruvchi, drenaj) stantsiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish 
asboblari, isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar; 
17) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash 
joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan 
yerlar; 
18) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar qurilishi 
uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati davrida; 
19) konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob’ektlar egallagan yerlar, ularning konservatsiyasi davrida; 
20) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 
21) yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foydalanilmaydigan fuqaro 
muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob’ektlar egallagan yerlar; 
22) ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga 
quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlarining va ovlanadigan qimmatbaho 
baliqlarning uvildiriq sochadigan joylarini muhofaza qiladigan boshqa suv ob’ektlarining 
sohillaridagi, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqasidagi taqiqlangan mintaqalar; eroziyaga qarshi 
o‘rmonlar; cho‘l va yarim cho‘l mintaqalaridagi o‘rmonlar; shahar daraxtzorlari va o‘rmonzor 
bog‘lari; aholi punktlari hamda sanoat markazlari atrofidagi yashil mintaqalar daraxtzorlari; suv 
ta’minoti manbalari sanitariya muhofazasi mintaqalarining o‘rmonlari; kurortlarning sanitariya 
muhofazasi tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon massivlari; ilmiy yoki 
tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar; 
23) qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, ularni o‘zlashtirish 
ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida; 
24) melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar, ishlar 
boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga; 
25) yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning 
qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil 
muddatga. Kuzda o‘tkazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab 
chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun 
esa joriy soliq davrining 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi; 
26) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi yerlari, 
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga 
qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv 
maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental 
ishlar, yangi navlarning selektsiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy 
va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari 
soliq to‘lashdan ozod qilinadi. 
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga ushbu moddada 
belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 
Yer solig‘i har bir soliq davrining 1 yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va 
yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot 
yilining 15 fevraliga qadar taqdim etiladi.


277 
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib 
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish 
huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), 
shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko‘paygan (kamaygan) yoki yer solig‘i bo‘yicha 
imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat soliq xizmati 
organiga yer solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‘yilgan) yoki 
imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan 
kechiktirmay taqdim etishlari shart. 
Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va tarkibida 
o‘zgarishlar yuz bergan yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari yer 
solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini davlat soliq xizmati organiga joriy yilning 1 dekabriga 
qadar taqdim etadi. 
Yer solig‘ini to‘lash yuridik shaxslar tomonidan yilning har choragida, yil choragi ikkinchi 
oyining 15-kuniga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Yagona yer solig‘i to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yer solig‘ini 
to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizi; 
hisobot yilining 1 sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizi; 
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – soliqning qolgan summasi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin