qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomalari tuzish yo‘li
bilan hisob yozuvlarini
umumlashtirish va tekshirish bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun
so‘ngi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida
birlashtiruvchi hisob registrlari
keng
qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hisob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obektlar
hisobni analitik yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik
hisobning umumlashgan
ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta
amalni bajarish natijasida olinadi va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday
hisob registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 6-
jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi.
Ularda nafaqat bir mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sintetik hisob yozuvlarini bitta
hisob registrida bunday birlashtirilishi natijasida alohida analitik hisob
kartochkalarini yuritishga
ehtiyoj qolmaydi. Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir vaqtning o‘zida sintetik schot
bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va analitik hisobni bitta registrda
birlashtirish buxgalteriya hisobini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: