4.1.3.-rasm.Ta’minot jarayoni hisobining umumiy chizmasi Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash buxgalteriya
hisobining muhim uchastkalaridan biri hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish rezyervlarini topish,
Materiallar, pul mablag‘lari va mehnat resurslari ustidan muntazam nazorat o‘rnatishda muhim vosita
bo‘lib hisoblanadi.
Korxona tashkilot va muassasa zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, ya'ni asbob-uskuna, xom-
ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa moddiy boyliklarni tuzilgan shartnomaga
asosan mol yetkazib beruvchilardan oladi. Shartnomada muayyan moddiy boylikning nomi, miqdori,
sifati, bahosi, to‘lov shartlari, assortimenti va qaysi oyda olib kelinishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schotlar korxonaning asosiy vositalar, nomoddiy
aktivlar, xom-ashyo va Materiallar, yoqilg‘i, qurilish Materiallari va o‘rnatiladigan asbob-uskunalar,
ehtiyot qismlar bilan qay darajada ta'minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat
qurollari va buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan to‘la
nazorat o‘rnatadi.
Demak, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot
qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol yetkazib beruvchilarning schot-
fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash va
tushirish chiqimlari, tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish yo‘lidagi tabiiy
kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
4.2. Hisob registrlari, ularning ahamiyati va turlari Xo‘jalik muomalalari aks ettirilgan dastlabki hujjatlar tekshirilib, taksirovka qilinib va
ayrimlari o‘z xususiyatlariga ko‘ra yig‘ma hujjatlarda to‘planib, keyinchalik hisob registrlariga
yoziladi.
Hisob registrlari buxgalteriya hisobini yuritishning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ularda
xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalarining harakati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar
sintetik va analitik hisob schotlari bo‘yicha guruhlanadi va sistemalashtiriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari asosida korxonaning ichida va yuqori tashkilotlarining korxona