Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
7-muomala . Hisob-kitob schotidan qarzning qolgan qismini qoplash uchun o‘tkazildi.
Mol yetkazib beruvchilarga ulardan sotib olingan
Materiallar va ular tomonidan qilingan
transport xarajatlari uchun … … … … …52020 so‘m
Transport tashkilotiga Materiallarni temir
yo‘l stansiyasidan korxona omboriga tashib
keltirganligi uchun … … … … … … … … … … 3000 so‘m
J a m i55020 so‘m
Ushbu muomala natijasida mol yetkazib beruvchilarga va transport tashkilotiga qarz
kamayishi sodir bo‘ladi, shuning uchun 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar» schotining debeti va pul mablag‘larini to‘lash natijasida 5110-«Hisob-kitob
schoti» ning krediti bo‘yicha kamayish sodir bo‘ladi.
Dt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti55020 so‘m.
Kt 5110-«Hisob-kitob schoti»55020 so‘m.
Tayyorlangan har bir Materialning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob
ishlarini amalga oshirish zarur. Buning uchun transport-tayyorlov xarajatlarining sotib olingan
Materiallar shartnoma qiymatidagi ulushi(foizi)ni topish kyerak. So‘ngra aniqlangan foiz bo‘yicha,
analitik schotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda transport-tayyorlov xarajatlarining tegishli
Material turiga to‘g‘ri keladigan summasi hisoblab chiqiladi. Agar transport-tayyorlov xarajatlarining
summasi sotib olingan har bir Material turi bo‘yicha shartnoma bahosiga qo‘shilsa, sotib olingan har
bir Material turining haqiqiy tannarxi kelib chiqadi.
Ushbu misolda bir oy ichida sotib olingan Materiallarga taalluqli transport xarajatlarining
umumiy summasi 4200 so‘mni (1200Q3000), ya'ni 7,0%ni (4200:60000x100) tashkil etgan.
Materialar turiga tegishli transport-tayyorlov xarajatlarini taqsimlash quyidagicha hisob-kitob
qilinadi:
«A» Materialga q
so‘m
«B» Materialga q
so‘m
Sotib olingan Materiallarning haqiqiy tannarxi quyidagicha:
1400
100
0
,
7
20000
=
•
2800
100
0
,
7
40000
=
•
«A» Material– 20000+1400=21400
«B» Material– 40000+2800=42800
Jami: 64200
Sotib olingan Materiallar har bir turi bo‘yicha bir birligining tannarxini aniqlash uchun alohida
tannarx hisob-kitobi bajariladi (4.1-jadval)