1
3.8.2.Analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi
Analitik schotlarning oborot qaydnomalari ham shaklan sintetik schotlar oborot qaydnomasi
kabi ko‘rinishiga ega. Talabalarga tushunarli bo‘lsin uchun yuqorida ko‘rib
chiqilgan misoldagi
«Xom-ashyo va Materiallar» (2.9-jadval), «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schotlar» (2.10-jadval), «Boshqa debitor qarzlar» (2.11-jadval) va «Boshqa majburiyatlar» (2.12-
jadval) sintetik schotlari bo‘yicha analitik schotlar uchun tuzilgan oborot qaydnomalarini keltiramiz.
Xom-ashyo va Materiallarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan analitik schotlarning oborot
qaydnomasi hisob-kitob schotlarining oborot qaydnomalaridan, ularda Materiallarning
har bir turi
bo‘yicha nomenklatura raqami, o‘lchov birligi, Materiallarning miqdori va qiymati bo‘yicha harakati
ko‘rsatilishi bilan farq qiladi.
Misol tariqasida «Xom-ashyo va Materiallar» schotining analitik schotlari bo‘yicha tuzilgan
oborot qaydnomasini keltiramiz.
Analitik va sintetik schotlarning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra analitik schotlar bo‘yicha oborot
qaydnomalaridagi boshlang‘ich qoldiqlar, oborotlar va oxirgi qoldiqlar yig‘indisi
sintetik
schotlarning oborot qaydnomasidagi tegishli sintetik schotning boshlang‘ich qoldig‘i, oboroti va
oxirgi qoldig‘iga mos ravishda teng bo‘lishi kyerak. Bunga, yuqoridagi misolimizdagi «Xom-ashyo
va Materiallar», «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» sintetik schotlari
bo‘yicha tuzilgan oborot qaydnomalaridagi boshlang‘ich qoldiq, oborot
va oxirgi qoldiqlarning
analitik schotlar bo‘yicha yig‘indisini shu sintetik schotlar oborot qaydnomasidagi boshlang‘ich
qoldiq, oborot, oxirgi qoldiqlari bilan mos ravishda taqqoslash natijasida ishonch hosil qilish
mumkin. Analitik schotlar oborot qaydnomalarining nazorat ahamiyati mana shundan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: