hisoblashuvlar
1
1
Mol yetkazib
beruvchilar va
pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar
-
6 600 00
0
3 000 00
0
1 548 00
0
-
5 148 00
0
J a m i
11 055 0
00
11 055 0
00
9 081 00
0
9 081 00
0
9 603
000
9 603
000
Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga
yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlardagi yozuvlarning
to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan.
Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa,
u holda sintetik
schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qaydnomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga
ham imkon beradi. Ya'ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit
oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi
joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi.
Agar oborot qaydnomasidagi
juftliklardan birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
1.
Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozilgan, ammo uning bilan
korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
2.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo
boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan,
yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta
yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin.
3.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa
schotning kreditiga ikki marta yozilgan.
4.
Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schotning kredit qoldig‘i va (yoki)
debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin.
5.
Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va mulklari kam bo‘lgan, ishlab
chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi
yozuvlarining to‘liqligi va ishonchliligi “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari” yordamida
nazorat qilinadi (2.8-jadval).