−
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar so‘mdagi pul mablag‘larini chet el valyutasiga konvertatsiya qilish
tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda chet el valyutasi sotib olishga doir buyurtmalarni ko‘rib
chiqish muddati bir haftadan uch kunga qadar qisqartirildi;
−
ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini bir xillashtirish to‘liq nihoyasiga yetkazildi va
hozirgi vaqtda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs bo‘yicha
amalga oshiriladi.
−
Naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha:
−
jismoniy shaxslarga vakolatli banklarning almashtirish punktlari orqali ularning davriyligi va
cheklangan summasi bo‘yicha naqd chet el valyutasi va yo‘l cheklarini sotishlar chog‘idagi
cheklashlar bekor qilindi;
−
rezident jismoniy shaxslar 2000 yil AQSh dollariga ekvivalent
summadagi naqd chet el
valyutasini respublika hudududidan tashqariga erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etildi.
Tashqi savdo operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarining amalga oshirilishidan:
−
import kontraktlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlariga doir cheklar shuningdek chet el banki kafolatini
taqdim etish va bo‘nak to‘lovi xajmiga mutanosib ravishda summani milliy valyutada
deponentlashtirish bo‘yicha talashlar bekor qilindi;
−
offshor zonalarda bo‘nak to‘lovlar yoki xizmatlar uchun to‘lovlarga taqiqlar bekor qilindi;
−
norezident uchinchi shaxslar foydasiga import konraktlari bo‘yicha to‘lovlarga taqiqlar olib
tashlandi, shuningdek chet el kreditlarining jalb qilinishi munosabati bilan foizli va o‘ziga
to‘lovlar xajmlariga doir cheklashlar bekor qilindi;
−
savdoga tegishli bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq to‘lovlar va o‘tkazmalarining amalga
oshirilishiga doir cheklashlar olib tashlandi;
−
MDH davlatlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bilan hisob-kitoblarni faqat kliring asosida
yoki erkin amashtiriladigan valyutada amalga oshirish haqidagi talablar bekor qilindi.
−
Bundan tashqari, import konraktlarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligidan oldindan ro‘yxatga
o‘tkazish ularning bojxona monitoringi bilan almashtirildi.
Valyuta bozorini erkinlashtirishga 2003yilinining 11 dekabrida 2-chaqiriq oliy majlis 13
sessiyasida
qabul qilingan, yangi tahriridagi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi qonun xam
ko‘mak bermoqda. O‘zbekiston bilan Halqaro valyuta fondi o‘rtasidagi amaliy muloqot harakatlar
rejasida nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarning begona mo‘ljallangan muddatda bajarilishiga
imkon yaratdi. Valyutani tartibga solib rejimining o‘zgartirilishi respublikaga 2003 yil 15 oktyabr
milliy valyutaning joriy halqaro operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashini tahminlash bo‘yicha
halqaro valyuta fondi Bitimi Moddalarining VIII moddasi 2 (a), 3 va 4 bo‘limlari bo‘yicha
majburiyatlarini qabul qilish imkonini berdi. XVF direktorlarining ijroiya kengashi ularning
qabul
qilinishini mahqulladi. Unning 2003 yil 11 noyabrdagi rasmiy matbuot relizida tahkidlanishicha,
milliy valyutasining konvertatsiyalanishini tahminlash orqali O‘zbekiston halqaro hamjamiyatga
pozitiv signal bermoqda va halqaro tizimini rivojlantirishga o‘z ulushini qo‘shmoqda. 2004 yil
O‘zbekiston hukumati so‘mining o‘zgaruvchan almashtirish kursini qo‘llab-quvvatlash amaliyotini
davom ettirdi. Bundan u ichki va tashqi narhlar dinamikasini, balansi ko‘rsatkichlarini hisobga oladi,
shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining
chet el bozorlaridagi
raqobatbardoshliligini qo‘llab-quvvatlash vazifasidan ham kelib chiqdi.
Tabiiyki, valyutani tartibga solish sohasidagi muvaffaqiyatlarga respublikaning xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari tomonidan amalga oshirilayotgan buxgalteriya hisobi sohasida o‘tkazilayotgan
tashqi iqtisodiy operatsiyalarni isloh qilish ham o‘z tahsirini ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozoridagi valyuta
almashtirish kurslarini unifikatsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq
MV,IVDSQ, va MBning Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 17 sentyabr 1411 son bilan
ro‘yhatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan «Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya
xisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom» ishlab chiqilganligi bu
yo‘nalishdagi muhim qadamlardan hisoblanadi.
Shuningdek Moliya Vazirining Adliya vazirligi tomonidan 2004 yilining 20mayda 1364-son
bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Chet el valyutasida aks ettirilgan aktivlar
va majburiyatlar hisobi” nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-sonli BHMS)ning qabul
qilinishi chet el valyutasidagi operatsiyalarining buxgalteriya hisobi takomillashtirilishida tub
burilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur standart chet valyutasi ko‘rinishida aks ettirilgan aktivlar va
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularni moliyaviy hisobotlarda ochib berish
tartibini belgilab beradi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq respublikaning barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlari buxgalteriya hisobi yuritishlari va hisobotlarni , agar qonunlarda o‘zgacha
tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa , milliy valyuta –so‘mda taqdim etishlari kerak.
Buxgalteriya
hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasidagi operatsiyalar ularning amalga oshirilish
sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazilishi lozim.
Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa
hisobotlar yuritish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona to‘lovlari va
boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqarilishi uchun muntazam ravishda (odatda, har haftaning
boshida) so‘mning chet el valyutalariga nisbatan kurslarini belgilaydi. Chet el valyutasida
ifodalangan
operatsiyalar summasi, aktivlar va majburiyatlar qiymatining so‘mga hisob-kitob
qilinishi chog‘ida ularning o‘zgarishiga qarab manfiy yoki musbat kurs farqi yuzaga keladi.
Chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar buxgalteriya hisobida xo‘jalik operatsiyasining
amalga oshirilishi sanasida amal qilgan Markaziy bankning kursi bo‘yicha, shu jumladan quyidagilar
bo‘yicha so‘mdagi ekvivalentda aks ettiriladi:
−
kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schetlari, akkreditivlar, valyuta ssuda
qarzlari;
−
chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari;
−
bojxona yuk dekloratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha import
qilingan tovar-moddiy qiymmatliklar va boshqa aktivlarning kirim qilinishi;
−
bojxona to‘lovlarining chet el valyutasida amalga oshirilishi;
−
chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
−
chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
−
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt:
−
mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlarni)
chet el valyutasiga sotib olganida yoki sotganida;
−
ular bo‘yicha to‘lanadigan yoki olinadigan summalar chet el valyutasida belgilangan kreditlar va
qarzlarni olayotgan yohud taqdim etayotganda;
−
o‘z zimmasiga majburiyatlarni chet el valyutasida olganda yoki so‘ndirayotganda chet el
valyutasida amalga oshiriladigan bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: