Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar
- ma’lum darajada ishlov 
bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar


Yoqilg‘i
- ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
 

Ehtiyot qismlar
- mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda 
qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari;
 

O‘urilish materiallari
- bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini 
tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini ko‘tarishda va qurib 
tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan yog‘och-taxta, shifer, mix va 
boshqalar kiradi;
 

Idish va idish materiallari
- turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish hamda 
saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog‘och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa 
idishlar kiradi;
 

Inventar va xo‘jalik anjomlari -
ushbu guruhga korxona xo‘jalik faoliyatida ishlatiladigan 
inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;
 

Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar
- korxona balansida turgan, qayta 
ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o‘zga 
korxonaga berilgan o‘simlikchilik, chorvachilik hamda o‘rmon xo‘jaligi mahsulotlari kiradi; 

Boshqa materiallar
- yuqoridagi satrlarda ko‘rsatib o‘tilmagan boshqa materiallar kiradi. Ularga 
chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol bo‘ladi.
 
Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob 
berishi lozim: 
-
xizmat muddati bir yildan oshmagan; 
-
xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida 
belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga ega 
bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish 
uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga quyidagilar 
kiritiladi: 


-
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab 
chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli asbob va 
moslamalar); 
-
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; 
-
ko‘rpa-to‘shaklar; 
-
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazolar); 
-
oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar; 
-
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulsiz) 
inshootlar, moslamalar va qurilmalar; 
-
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; 
-
ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo). 
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda inventar
asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. 
Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr 
xarajatlariga kiritiladi.
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asoslangan 
bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya’ni tannarxi bo‘yicha yoki 
sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini 
aks ettirishning biri bo‘lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof 
qiymati. 
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy zahiralarning tannarxi 
barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli 
holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. 
Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig‘imlarni, 
mahsulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to‘langan komission 
to‘lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida), shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, 
xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o‘xshash boshqa chegirmalar materiallarni sotib olish 
xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. Boshqa xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga 
yetkazish paytida paydo bo‘lgan taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi. 
Masalan, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlar yoki muayyan mijozlar 
uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar qiymati bo‘yicha xarajatlarga kiritish 
imkoniyati vujudga kelishi mumkin.
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt 
talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda - o‘rtacha sotib 
olinish bahosi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy 
tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari 
bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanilishi 
material zahiralari har bir turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini 
aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin: 
1.
O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli; 
2.
O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi xarajat, FIFO usuli; 
3.
O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi xarajat, LIFO usuli. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin