Odatda, mol yetkazib beruvchi korxonalardan materiallarni ta’minot bo‘limi ekspeditori
yetkazib beradi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotlaridan materiallarni qabul qilganda
ta’minotchi idish, plomba, tamg‘a hamda materiallar sifatini tekshiradi.
Agar tekshirish natijasida
kamomad yoki yuklar sifati buzilganligi aniqlansa, mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkilotiga
da’vo qo‘yish huquqini beradigan dalolatnoma tuziladi.
Korxona o‘zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan
materiallar
uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo‘llanma hujjatlar (to‘lov talabnomasi,
schyot-
faktura, tovar-transport yukxatlari) oladi.
Korxonaga kelgan hujjatlar operativ xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun
ochilgan M-1 shaklidagi maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi hamda shartnomada ko‘zda
tutilgan
talablarga mos kelishi nazoratdan o‘tkaziladi.
Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter
ekspeditorga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib beradi.
Moddiy boyliklarni olishga beriladigan
ishonchnoma
- korxona mol yetkazib beruvchilaridan
tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o‘z vakiliga beradigan hujjatidir.
Korxona ishonchnomaning ikki –
Dostları ilə paylaş: