Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib
beruvchilar hujjatlarida
ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli
material schyotlari
debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i
kreditlanadi.
Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga
quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Dostları ilə paylaş: