M-2 va
M-2a shaklidan foydalanadi. M-2 shaklidan
foydalanganida berish-olishlar haqidagi ma’lumotlar ishonchnoma varaqasining qo‘shimcha qismiga
(koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarga yozib qo‘yishga hojat
qolmaydi.
Korxona moddiy boyliklarni ommaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a
shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro‘yxatdan
o‘tkaziladi.
Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan holda beriladi,
so‘ngra u
M-2b shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda
daftarga imzo chekadi.
Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi birinchi kundan qoldirmasdan
unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan materiallarni omborga topshirganligi
to‘g‘risidagi hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishi shart. Ishlatilmagan ishonchnomalar belgilangan
muddati o‘tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o‘tib ketgan
ishonchnomalar bo‘yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man qilinadi.
Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol
yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo‘lsa, omborchi
M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo‘lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr
qo‘yishga ruxsat etiladi. Haqiqatda kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut
aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib
beruvchi yoki boshqa manfaatdor bo‘lmagan korxona vakillari ishtirokida tuziladi. Dalolatnoma
tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi.
Ombordan tsexlarga sarflash uchun beriladigan materiallarga limit-zabor kartalari, talabnoma
hamda yukxatlar rasmiylashtiriladi. Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan xarajat
qilinishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat iste’molchi tsex, bo‘lim va uchastkalar
tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ombordan tsexlarga materiallar muntazam berib borilsa, u holda limit-zabor kartalari
qo‘llaniladi.