Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Paxtachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

11.3.2. Paxtachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
Paxtachilikda o‘rta tolali va ingichka tolali paxta navlari mahsulot tannarxini hisoblash 
obekti bo‘lib hisoblanadi. G‘o‘zapoya va g‘o‘za po‘choq (agar foydalanilsa) yordamchi mahsulot 
bo‘lishi mumkin. 
1 sentner paxtaning tannarxini hisoblash uchun g‘o‘zapoya va g‘o‘za po‘choqlar normativ 
xarajatlar bo‘yicha baholanib, paxtachilik bo‘yicha qilingan umumiy xarajatdan chegirib 
tashlanadi. Qolgan xarajat summasi hisobga o‘tgan paxta miqdoriga bo‘linadi. 
Misol: fermer xo‘jaligida hisobga o‘tgan 2620 sentner o‘rta tolali paxtani yetishtirish uchun 
83316,0 ming so‘mlik xarajat qilingan. g‘o‘zapoya va g‘o‘zapo‘choqlarning normativ xarajatlar 
bo‘yicha qiymati 164,0 ming so‘m. Demak, 1 sentner paxta tannarxi 31,8 ming so‘mni tashkil 
etadi (83480,0-164,0) : 2620. Paxtaning tannarxini alohida navlari bo‘yicha aniqlashda xarajatlar 
summasi ularning xarid bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
So‘ngra mazkur navga tegishli xarajatni shu nav bo‘yicha hisobga o‘tgan paxta xom ashyosi 
miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan har bir nav bo‘yicha 1 sentnerining tannarxi aniqlanadi. 
11.3.3. G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash 
G‘alla ekinlari mahsulotining tannarxi ularga qayta ishlov berish,quritish natijasida 
kamayishi va xo‘jalikda foydalanilmaydigan xas-cho‘plar vazni chiqarib tashlangandan keyingi 
vaznda aniqlanadi. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘allaning bunker vazni 992 sentner. 
g‘allaga qo‘shimcha ishlov berish va uni quritish natijasida kamayishiga tuzilgan dalolatnomalar 
bo‘yicha: 
a) g‘allani xas-cho‘pdan tozalash va quritish tufayli kamaygan vazni 12 sentner; 
b) em uchun foydalaniladigan don chiqiti (laboratoriya tahlili natijasida tarkibida 40% don 
borligi aniqlangan) – 80 sentner. Undan tashqari, 54 sentner somon olingan. Demak, 830 sentner 
sof g‘alla bilan 80 sentner don chiqitining tannarxini aniqlash kyerak. 
G‘allaning tannarxini aniqlash uchun 2010-«Dehqonchilik» schotining tegishli analitik 
schotida g‘allaning mazkur turi bo‘yicha hisobga olingan barcha xarajatlar summasidan somon 
uchun normativlar bo‘yicha qilinadigan (o‘rib-yig‘ib olish, presslash, jo‘natish, g‘aramlash) 
xarajatlari summasi chegirib tashlanadi. Qolgan summa g‘alla bilan don chiqiti tarkibidagi sof don 
hajmiga mutanosib taqsimlanadi. So‘ng don chiqiti tarkibidagi 1 sentner donning tannarxi 
aniqlanadi. 
Fermer xo‘jaligida yuqorida keltirilgan miqdordagi g‘alla mahsulotlarini yetishtirish uchun 
13200000 so‘m sarflangan. 


G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xarajatlardan somonning 
normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilaylik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar 
bo‘yicha qiymati 270000 so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m 
(270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat 12930000 so‘mni 
(13200000-270000) tashkil etadi. 
Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga aylantirilganda 32 sentner 
bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla miqdori 862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don 
chiqitidagi g‘alla miqdori 3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak, somonning normativ 
qiymati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar summasining 3,712%i don 
chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000 so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday 
qilib, 1 sentner don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1 sentner sof don tannarxi 
15000 so‘mga ((12930000-480000):830) teng. 
Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan urug‘lik don tannarxi 
quyidagi obektlar bo‘yicha hisoblanadi: supyerelita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan 
don chiqiti.
Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (supyerelita, elita, I reproduksiya va II 
reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib 
tashlanadi. Qolgan urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish bahosi 
bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa tegishli reproduksiyadagi urug‘lik 
donning, ular tozalanib, quritilgandan so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli 
reproduksiyadagi I sentner urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin