7.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari
8.
Sug‘urta to‘lovlari
9.
Boshqa xarajatlar
1.
«Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birga» moddasida muayyan ekin turlari
yoki guruhlarining bevosita texnologiya jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga
hisoblangan mehnat haqi tavsifiga ega bo‘lgan pul va natura to‘lovlari hisobga olinadi.
Xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondiga
o‘tkazilgan ajratmalar hamda ta'til haqi ajratmalari ham shu moddada hisobga olinadi.
Aniq bir ekin va ish turiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan mehnat haqlari hisob obektlari
o‘rtasida mehnat haqiga mutanosib taqsimlanadi.
2. «Urug‘lik va ko‘chat xarajatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan va sotib
olingan urug‘lik va ko‘chatlar hamda ularning tegishli ekinlarni ekish uchun sarflanishi aks
ettiriladi. Bunda oldingi yillarda yetishtirilgan hamda sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar haqiqiy
tannarxida aks ettirilsa, joriy yilda yetishtirilgan urug‘ va ko‘chatlar yil davomida reja tannarxda
hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkazib quyiladi.
Urug‘larni ekishga tayyorlash (quritish, saralash va boshqa ishlov berish) xarajatlari
ularning tannarxiga o‘tkaziladi. Lekin bevosita ekish oldidan qilinadigan xarajatlar (urug‘ni ekish
joyiga tashib keltirish, ortish,
tushirish, dorilash, ivitish va shu kabilar) urug‘ning tannarxiga
o‘tkazilmay, bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalari (mehnat haqi, ishlar va
xizmatlar, asosiy vositalarni saqlash xarajatlari)ga yoziladi.
3. «O‘g‘itlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) sarflagan ma'danli o‘g‘itlar,
mikro o‘g‘itlar va boshqa o‘g‘itlar, shuningdek mahalliy o‘g‘itlar miqdor va summa ko‘rsatkichida
aks ettiriladi. Bu moddada xarajatlar ma'danli va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohida hisobga
olinadi. O‘g‘itlarni tayyorlash, yuklash, dalaga tashish va yerga solish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar bu xarajat moddasida emas, balki bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat
moddalarida aks ettiriladi.
4. «O‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o‘tlarga, ekinlarning
zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda foydalaniladigan pestisidlar, urug‘lik
dorilari, defoliant va boshqa kimyoviy va biologik Materiallar sarfi hisobga olinadi.
1.
«Ishlar va xizmatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zidagi avtomobil transporti va ot-ulov
transporti, traktorlar bajargan transport ishlari hisobga olinadi.
Yerlarni o‘g‘itlash bo‘yicha «Agrokimyota’minot» birlashmalari va aviya otryadlar
bajargan ishlar ham «Ishlar va xizmatlar» moddasida aks ettiriladi.
Yil oxirida bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng reja
tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. O‘simlikchilik tarmog‘i uchun ko‘rsatilgan elektr
ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti xizmatlari
ham shu moddada hisobga
olinadi.
Chet tashkilotlarining transport va boshqa xil xizmatlari shartnoma qiymati bo‘yicha
baholanadi.
1.
«Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita o‘simlikchilikda
foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi.
Bularga asosiy vositalarni saqlash, ulardan foydalanish xarajatlari, ularning amortizatsiya
ajratmalari kiradi.Turli moslamalarning eskirishi, ularni tiklash uchun ketgan xarajatlar ham shu
modda bo‘yicha hisobga olinadi.
O‘simlikchilikda bunday asosiy vositalarga mahsulot yetishtirishda foydalaniladigan
traktorlar, qishloq xo‘jalik
mashinalari, asbob-uskunalar, issiqxonalar, parniklar, omborxona
binolari, xo‘jalik ichidagi sug‘orish
shahobchalari, ko‘p yillik daraxtlar, yerlarning holatini
yaxshilash bo‘yicha qilinadigan noinventar kapital sarflar kiradi.
Mevaga kirgan daraxtlarni parvarishlash xarajatlari (amortizatsiya ajratmalardan tashqari)
bu xarajatlar moddasiga kirmaydi.
O‘simlikchilikda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari ayrim ekin va
tugallanmagan ishlab chiqarishlarga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
−
maxsus asosiy vositalar (paxta tyerish mashinalari, kartoshka yig‘ib-terib oladigan kombaynlar
va shu kabilar)ni saqlash xarajatlari tegishli ekinlardan olinadigan mahsulotlar tannarxiga
o‘tkaziladi;
−
traktorlarni saqlash xarajatlari – ekin va ishlar uchun bajarilgan ish hajmi (shartli
etalon
gektar)ga mutanosib taqsimlanadi;
−
qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlash xarajatlari – ishlov berilgan ekinlar maydoniga
mutanosib ravishda taqsimlab o‘tkaziladi;
−
hosilni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari yig‘ib-terib
olingan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
−
o‘g‘itlash mashinalarini saqlash xarajatlari – ekin maydonlariga solingan o‘g‘itlarning
miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
−
g‘alla va sabzavot mahsulotlari saqlanadigan binolarning xarajatlari tegishli ekinlarga, g‘alla
va sabzavot mahsulotlari band qilgan maydonga mutanosib ravishda taqsimlanadi va hokazo.
1.
«Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» moddasida o‘simlikchilik
tarmog‘ining brigadalarida va boshqa ishlab chiqarish bo‘lishmalarida ishlab chiqarishni tashkil
etish xarajatlari va xo‘jalikni boshqarish xarajatlarining tegishli qismi hisobga olinadi.
1.
«Sug‘urta to‘lovlari» moddasida qishloq xo‘jalik ekinlari va meva beradigan yoshdagi
ko‘p yillik daraxtlar hosilining davlat majburiy sug‘urtasiga oid to‘lovlar hisobga olinadi.
O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan binolar, inshootlar, qishloq
xo‘jalik mashinalari, qurilmalar, inventarlar va boshqa asosiy vositalarning sug‘urtasi bo‘yicha
to‘lovlar ham shu moddada hisobga olinadi. Bunday asosiy vositalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari
o‘simlikchilik turiga (o‘simlikchilik guruhlariga) asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga
mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan olib boriladi.
9. «Boshqa xarajatlar» moddasida yuqoridagi
moddalarda hisobga olinmagan,
o‘simlikchilikning barcha bevosita xarajatlari aks ettiriladi. Bu xarajatlarga tegishli ishlab
chiqarish obektlarini ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, idish va qadoqlash xarajatlari
(agar idish qiymati mahsulotning realizatsiya narxiga kiritilmasdan alohida to‘lansa) texnika
tashviqoti va standartlashtirishga oid xarajatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: