- bajariladigan ishlarning asosiy turlari bo‘yicha;
- xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) bo‘yicha;
- mas'uliyat markazlari bo‘yicha.
Birinchi belgiga ko‘ra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari bo‘yicha ma’lumotlarni
alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik
schotlarini ochish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan o‘tgan
xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qo‘shiladi (nomenklatura hisobi muvofiq kelmagan
hollarda ular alohida moddalar bo‘yicha taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar
alohida ajratiladi.
Xarajatlarni turlari bo‘yicha chegaralash, ya'ni ularni moddalar bo‘yicha hisobga olish
schotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish hisobiga ta'minlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan
xarajatlar hisobi ko‘p grafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schot bo‘yicha
xarajatlarning har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi.
Xarajatlarni xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha chegaralash, odatda, analitik hisobni tegishli
tarzda tashkil etish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki
ularning o‘rnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi.
Xarajatlarning ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari bo‘yicha chegaralanishi,
ularni hisobga olishning turli uslublarini qo‘llash orqali ta'minlanishi mumkin. Dehqonchilikda
xarajatlarni hisobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud.
Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay dehqonchilikda
xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvarishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi
bo‘yicha analitik schotlar ochishdir.
Dehqonchilik tarmog‘i bo‘yicha boshqaruv hisobida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:
xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari bo‘yicha to‘g‘ri hamda
iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi;
xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urug‘lik, o‘g‘it, yonilg‘i, yordamchi ishlab
chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa taalluqli boshqa xarajatlar bo‘yicha kyerakli ma’lumotlar
olinishini ta'minlash;
olinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq hisobga olish;
mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni iqtisodiy asoslangan holda
bir tizimga keltirish va umumlashtirish;
xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadigan kelgusi qishloq
xo‘jalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo ajratib (kuzgi ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar, shudgorlash
va shu kabilarning xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash;
tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar haqida zarur axborot
berishni ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: