24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi



Yüklə 102,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü102,29 Kb.
#199922
  1   2   3   4   5   6   7   8
modda




24 - ma’ruza.
MODDALARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR
Reja: 
1. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar.
2. Yorug‘likning qutblanishi


3. Yorug‘likning sochilishi va uning mexanizmi.
 
Mavzular mazmuni: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar
. Yorug‘lik to‘lqinlarining 
muhit bilan o‘zaro ta’sirlashishi. Yorug‘lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. 
Yorug‘lik dispersiyasining klassik elektron nazariyasi. Spektral analiz haqida tushuncha.
Yorug‘likning yutilishi. Yutilish spektri. Buger qonuni.
Yorug‘likning qutblanishi
. Qutblagichlar. Malyus qonuni. Yorug‘likning ikki muhit 
chegarasidan qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Nurlarning ikkilanib sinish 
hodisasi. Kristallooptika elementlari. Elektrooptik va magnitooptik hodisalar. Yorug‘likning 
sochilishi va uning mexanizmi.
Tayanch iboralar:
modda, elektromagnit, to‘lqin

yorug‘lik, dispersiya, spekt, 
qutblagich, qaytish, sinish, kristallooptika, elektrooptik, magnitooptik. 
 
 1. 
Dispersiya so'zi lotincha 
dispersio — sochilish
so'zidan olingan. 
Yorugiik dispersiyasini birinchi bo'lib kuzatgan kishi ingliz fizigi I.Nyuton 
hisoblanadi. U oq yorug'lik dastasini shisha prizma orqali o'tkazib, ekranda turli 
ranglar ketma-ketligidan tashkil topgan spektrni kuzatdi. I.Nyuton oq yorug'lik 
yetti xil -qizil, pushti, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsharanglardan 
iboratligini aniqladi. Prizmadan o'tgan oq yorug'likning turli ranglarga ajralib 
ketishi dispersiyaning natijasidir. 
Dispersiya 
deb, muhitsindirish ko'rsatkichiningyorug'lik to'lqin uzunligiga 
(chastotasiga) bog'liqligiga aytiladi.
Shunday qilib, dispersiya hodisasi yorug'likning to'lqin tabiati asosida tushuntirish 
mumkin boigan hodisalardan biri bo'lib, unda to'lqin uzunligi muhim rol o'ynaydi. 
Yorug'lik dispersiyasining tabiati.
 
Vakuumda istalgan to'lqin uzunlikli 
elektromagnit toiqinlarning tarqalish tezligi bir xil 
(c = 
3 • 10
8
m/s), moddalarda 
esa to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham oq yorug'lik tarkibiga 
kiradigan turli ranglarga mos 
keluvchi 
to'lqinlar 
uchun 
muhitning sindirish ko'rsatkichi 
ham 
farq 
qiladi. 
Natijada 
prizmadan o'tish paytida turli 
ranglar 
turlicha 
sindirish 
ko'rsatkichiga uchraydi, turlicha 
sinadi va bir-biridan ajralib chiqadi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, dispersiya hodisasi nafaqat prizmada, balki juda ko'p 
boshqa hollarda ham kuzatiladi. Masalan, quyosh nurlarining atmosferada hosil 



bo'ladigan suv tomchilarida sinishi lining rangli nurlarga ajralishiga, ya'ni 
kamalakning hosil bo'lishiga olib keladi. 
Normal dispersiyada to'lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish 
ko'rsatkichi kamayadi. Shuning uchun ham spektrning yuqorisida eng katta to'lqin 
uzunlikli qizil, pastida esa eng kichik to'lqin uzunlikli binafsha ranglar joylashadi. 
Boshqa ranglar ham shu tartibda, to'lqin uzunliklarning kamayib borishiga muvofiq 
joylashgan. 
Dispersiyaning ahamiyati.
 
Dispersiya hodisasining kashf qilinishi yorug'likning 
tabiati, umuman olganda, nurlanish yordamida moddalarning tuzilishi to'g'risida 
muhim ma'lumotlar olishga imkon berdi. 
Bundan tashqari, ranglar to'g'risida olingan ma'lumotlar bezash ishlarida, kerakli 
ranglarni tanlashda muhim rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, kerakli bo'yoqni turli 
ranglarni qancha hissada qo'shib hosil qilishni aniqlash mumkin.

Yüklə 102,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin