3
3. Spektral tahlil haqida tushuncha.
Nurlanish va yutilish spektrlarini
o'rganish moddalarning tarkibini aniqlashga imkon berishi haqida bayon qilindi.
Shuningdek, spektral chiziqlarning yorqinligi mazkur elementning birikmadagi
miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Nurlanish va yutilish spektrlariga muvofiq
moddaning kimyoviy tarkibini o 'rganish usuli spektral tahlil deyiladi.
Misol uchun spektrda sariq chiziq bo'ladigan bo'lsa, bu o'rganilayotgan modda
tarkibida natriy borligini ko'rsatadi. Agar spektrda oldin ma'lum bo'lmagan chiziq
ko'rinsa, bu yangi element kashf qilinganligining isbotidir. Spektral tahlil juda
sezgir usul bo'lib, uning yordamida elementning 10
-10
g miqdorini ham aniqlash
mumkin. Kimyoviy usullar bilan bunday kam miqdordagi moddani qayd
qilishning mutlaqo iloji yo'q.
Spektral asboblar.
Spektrning ko'rinish sohasini o'rganish uchun
spektroskop
deb ataluvchi asboblar ishlatiladi. Eng
sodda
spektroskop
1-
rasmda
ko'rsatilgan.
Spektroskop kollimator — 1; prizmali ko'rish trubasi
— 2; prizmali stolcha — 3; tirqish — 4; linza - 5;
obyektiv — 6 va okulyar — 7 lardan tashkil topgan.
Tirqishdan kelayotgan nur kollimator orqali linzaga
tushadi. U prizmadan o'tishdaturli ranglarga ajraladi
va obyektiv, ko'rish trubasi orqali okulyar yordamida
kuzatiladi.
Spektrni fotoplastinkada qayd qilishga imkon beruvchi asbob
spektrograf
deb
ataladi.
Yanada takomillashgan, ya'ni uchinchi truba bilan ta'minlangan asbob
spektrometr
deb ataladi.
Spektral tahlil qo'llanilishi.
Spektral tahlil fan uchun muhim ahamiyatga
ega. Ayniqsa, uning astronomiya uchun aha-miyati judayam katta. Osmon
jismlarining tarkibi to'g'risida ma'lumot olishning yagona yo'li
spektral tahlildir.
Bu usul bilan Quyoshning, yulduzlarning va yulduz turkumining tarkiblari
o'rganilgan, D.N.Mendeleyev elementlar jadvalining 25 ta elements kashf
qilingan. Hozirgi paytda spektral tahlil geologiyada, metallurgiyada, kimyoda,
tibbiyotda va hatto oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: