1-AMALIY MASHG’ULOT
MAVZU: EKOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN USULLAR
REJA:
1.Ekologiyada qo’llaniladigan ilmiy tadqiqot usullari.
2.Taqqoslash va tasviriy uslublarning qo’llash sohalari.
3.Tajriba usuli va uning mohiyati.
4.Ekologik modellashtirish uslubini ilmiy tadqiqotlarda qo’llanilishi.
Ishning maqsadi:
Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega
bo’lish.
Kerakli material va jihozlar:
Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari, jadvallar, gerbariylar,
slaydlar.
Nazariy material: Dala usuli.
Tabiiy sharoitda olib boriladigan vao’tkazila-digan
kuzatishlar dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli
katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika,
sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng
qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari
aniklanishi bilan, ularning bir-birlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan
materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli
ekologik qonunlar aniq lanadi.
Laboratoriya eksperiment usuli
— maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar,
suvo’tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar, Petri
kosachasi, akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va
kuzatiladi. Ularning ko’payish jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari,
hamda foydali formalarini tez ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt
tayyorlashda foydalaniladi.
Organizmlar
va
ularning
populyatsiyasi
holatini
aniqlashda
Dostları ilə paylaş: |