yoritilganlik
-
S
yuzali sirtga tushayotgan Ф
yorug'lik oqimining shu
yuzaga nisbati bilan aniqlanadi:
(3.4)
Yoritilganlikning birligi - luks (
lx
).
Luks —
1 lm
yorug'lik oqimining
1 m
2
yuzada tekis taqsimlan-ganda hosil
qiladigan yoritilganligi.
Yoritilganlik ham yorug'lik manbayining kuchiga, ham yorug'lik manbayi
bilan yoritilayotgan sirt orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. Aytaylik,
R
radiusli
sfera markazida yorug'lik kuchi / bo'lgan nuqtaviy manba joylashgan bo'lsin. Agar
bu holda barcha nurlar sferaning ichki radiusiga tik tushishini va sferaning sirti
S=
4nR
2
bo'lishini e'tiborga olsak, unda (3.2) ifodadan foydalanib yoritilganlik
uchun quyidagi ifodani topish mumkin:
(3.5)
8
Demak,
yorug'lik tushayotgan sirtdagi yoritilganlik yorug'lik kuchiga to'g'ri,
yorug'lik manbayidan yoritilayotgan sirtgacha bo'lgan masofaning kvadratiga esa
teskari proporsional bo'lar ekan.
Mehnat unumdorligini orttirish va ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab qolish
maqsadida ish joylarining yoritilganligi uchun turli mezonlar belgilangan. Quyida
ularning ba'zilarini keltiramiz.
1 - jadval
Faoliyat turi
Yoritilganlik (luks)
O'qish uchun
30-50
Nozik ishlar uchun
100-200
Rasmga olishda
10 000 va undan ortiq
Kino ekranida
20-80
Havo bulut bo'lganda
1 000 va undan ortiq
Bulutsiz kunda tush
vaqtida
100 000
Oy to'lgan tunda
0,2
Dostları ilə paylaş: |