218
xo‘jalik faoliyatining turli pog‘onalarida mulklarni tezkor boshqarish imkonini ham yo‘qqa chiqaradi.
Ushbu talab hisobot va reja ko‘rsatkichlarining taqqoslanuvchanligini talab etadi.
To‘liqlik
aniqroq asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Shu
maqsadda sintetik va analitik hisob ma’lumotlari inventarizatsiya natijalari va mustaqil auditorlik
tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
O‘z vaqtidalik
zarur moliyaviy hisobotlarni tegishli joylarga belgilangan muddatlarda taqdim
etishni bildiradi. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar (budjet tashkilotlaridan
tashqari) barcha tashkilotlar har chorakda choraklik yakunlanganidan keyin 30 kun ichida moliyaviy
hisobot taqdim etishlari lozim. Yillik moliyaviy hisobot yil yakunlanganidan so‘ng 90 kun davomida,
agar boshqacha muddat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanmagan bo‘lsa, taqdim
etilishi lozim. U mulkdorlarning ta'sis hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Moliyaviy hisobotning
oddiyligi
uning qisqa va tushunarliligidan iborat. Buxgalteriya
hisobining xalqaro standartlarga o‘tkazilishi ushbu talabni amalga oshirishga yordam bermoqda.
Moliyaviy hisobotning
tekshirishga qulayligi
unda taqdim etilgan axborotning istalgan vaqtda
tasdiqlanish imkoniyatini nazarda tutadi. Ushbu shart bilvosita unda taqdim etilgan axborotning
betarafligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining
taqqoslanuvchanligini
ta'minlash maqsadida hisob
siyosatiga o‘zgarishlar moliyaviy yilning boshida kiritilishi lozim.
Agar bunday taqqoslanuvchanlik bo‘lmasa, hisobot davridan oldingi davr uchun
ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi kyerak. Bunda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini
huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining amaldagi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan qoidalar
qo‘llaniladi. Moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining uslubiy birligi shundan iborat.
Tuzatishlar va ularni bajarish uslubi moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida tuzatishlar sababi
ko‘rsatilgan holda ochib berilishi lozim.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi uning to‘laqonligi bilan kuchayadi, ya'ni u korxonaning
o‘z moliya-xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari kabi, uning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy
bo‘linmalari, jumladan mustaqil balansga ajratilgan boshqa tarkibiy bo‘linmalar ko‘rsatkichlarini
ham o‘z ichiga olishi lozim.
Taqqoslanuvchanlik
kechayotgan jarayonlar va tafovutlarni aniqlash maqsadida har xil vaqt
oralig‘ida bir xil ko‘rsatkichlar mavjudligini nazarda tutadi.
Bunday taqqoslashning maqsadi korxona rivojlanishining borishini aniqlash uchun zarur.
Lekin, undan foydalanishda axborotlarning foydalilik chegarasi tamoyilidan chetga chiqish mumkin
emas. Bu esa noto‘g‘ri xulosalarni shakllantirishga olib keladi. Masalan, korxona hisobot davrida
ishlab chiqarishni pasaytirish maqsadida ishlab chiqarish tuzulmasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror
qabul qilgan va shu munosabat bilan bankdan uzoq muddatli kredit olgan. Taqdim etilgan moliyaviy
hisobot ma’lumotlariga ko‘ra korxonaning moliyaviy holati yaxshilanishini faqat uzoq kelajakda
ko‘rish mumkin.
Ushbu yondoshuvlarni amalga oshirish uchun moliyaviy hisobotda keltirilgan o‘tgan davrdagi
va hisobot davridagi aniq ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborotlarni taqqoslash keltirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: