Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» schyoti bo‘yicha schyotlar



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

9600-«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» schyoti bo‘yicha schyotlar 
korrespondentsiyasi 
№ 
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni 
Schyotlar 
korrespondentsiyasi 
 
 
debet 
kredit 
1. Kredit va qarzlar bo‘yicha foizlarning hisoblanishi 
9610 
6920 
2. Moliyaviy lizing shartnomasi asosida olingan asosiy vositalar 
bo‘yicha foizlarning hisoblanishi 
9620 
6920 


3. Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning 
yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi 
9900 
9610, 
9620, 
9630, 
9640, 
9650, 
9690 
 
20.5. Favqulodda foyda va zararlar hamda yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 
Favqulodda foyda moddalari
- bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan, hodisa 
yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi 
muomalalar natijasida paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning 
favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi 
kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi. 
Favqulodda zararlar
- bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga 
chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan 
odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak 
bo‘lgan o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi. 
U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi 
mezonlarga javob berishi kerak: 
-
korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
-
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak; 
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik. 
Tegishli moddalarni favulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul 
qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik 
yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda - iqlim sharoitlariga bog‘liq 
holdagi ishlamay turib kolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir 
necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi. 
Favqulodda foyda va zararlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
9710-«Favqulodda foyda» 
9720-«Favqulodda zarar». 
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, 9710-schyot-passiv, 9720-schyot-aktiv xarakterga ega. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin