222
xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi
mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor banklar, birjalar,
investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy
shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish sarflarini to‘lab undan nusxa
olish huquqlariga egadirlar.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari,
investitsiya fondlari va boshqa moliya muassasalari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan
ma’lumotlar to‘g‘riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangach, hisobot yilidan keyingi yilning
birinchi mayigacha e’lon qilishlari shart.
Xo‘jalik yurituvchi subekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy ravishda yoki boshqa asosda
tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan bankrot deb e’lon qilingan yoki tugatish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Xo‘jalik yurituvchi
subektni tugatishga doir muomalalarni hisobga olish, tugatish balansi va hisobotini tuzish uchun
javobgarlik tugatish komissiyasiga yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi
subektni tugatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektning aktivlari tugatish balansida tugatish komissiyasi tomonidan
aniqlangan bahoda, ya'ni ularni sotish mumkin bo‘lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va
zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subektning majburiyatlari aniqlashtiriladi va ularni tuzish
vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga qo‘shib, tugatish balansida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: