224
Avvalo soliqlar tizimi va soliqqa tortish tizimining farqini bilib olish zarur.
Soliqlar tizimi
mohiyati jihatdan bir xil, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va markazlashgan pul fondiga hamda boshqa
davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig‘indisidir.
Qonun chiqaruvchi idoralar tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan
undiriladigan soliqlarning tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari yig‘indisiga soliqqa
tortish tizimi deyiladi.
O‘zbekistonning soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq elementlari, ularni tashkil
qilish tamoyillari va usullarini o‘rgatadi. Soliq elementlariga soliq sub’ekti, ob’ekti, manbai, stavkasi,
soliq birligi, imtiyozi, soliq og‘irligi (soliq yuki) kabi tushunchalar kiradi.
1.
Soliq sub’ekti –
soliq munosabatlarida qatnashuvchi soliq to‘lovchilardir.
Ular huquqiy va
jismoniy shaxslarga bo‘linadi. Soliq munosabatlarida faqat soliq to‘lovchilargina emas,
soliq
undiruvchi ham qatnashadi. Soliqni davlat undiradi. Uning nomidan
maxsus tashkilot qatnashadi,
ya’ni bu ishni davlat soliq xizmati idoralari bajaradi. Soliqlarni to‘g‘ri
hisoblash, to‘liq to‘lash
javobgarligi soliq to‘lovchi sub’ektga yuklatilgan.
2.
Soliq ob’ekti-
soliq solinadigan daromad, xarajat, oborot yoki mulkdir. Uning foyda, ish haqi,
qo‘shilgan qiymat, yer, imorat, jami xarajat kabi turlari mavjud. Ob’ekt doimo sub’ekt bilan bog‘liq,
sub’ektniki bo‘laadi. Sub’ektsiz ob’ekt bo‘lmaydi. Masalan, QQSda ob’ekt
ortilgan mahsulot
(bajarilgan i shva xizmat) oborotidir, daromadga solingan soliqda-foyda, mol-mulk solig‘ida mulk
qiymati, yer solig‘ida yer maydoni va boshqalar.
3.
Soliq manbai-
bu sub’ektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda
daromad va foyda ham soliq
ob’ekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin boshqa soliqlarda ob’ektlar har xil,
manba esa-daromad
bo‘ladi. Soliqlarning shunday qonuni borki, ular hech qachon manbaa miqdoridan ortib ketmasligi
lozim. Aks holda manbaa yo‘qoladi.
4.
Dostları ilə paylaş: