XIZMAT KO‘RSATISH (ISHLARNI BAJARISH)
HAQIDA FUQAROLIK HUQUQIY TUSDAGI ShARTNOMA
Toshkent shahri № ___ «____»________ 2023 yil
O‘zbekistan Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki _________________ shahri/viloyati ______________________ (shahar/tuman) filiali (keyingi o‘rinlarda – “Buyurtmachi”) nomidan Ustav va 20___ yil «___»_______ dagi ___- sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi boshqaruvchi/boshlig‘i _____________ bir tomondan, _________ shahri, ___________ tumani _________ MFY hokimi yordamchisi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________________ (pasport raqami: AA ________, __.__._____ yilda ________ shahar _________tumani IIB tomonidan berilgan) (keyingi o‘rinlarda – “Ijrochi”) ikkinchi tomondan, birgalikda “Taraflar”, (keyingi o‘rinlarda – “Taraflar” O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablariga muvofiq ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI.
1.1. Ijrochi Buyurtmachining topshirig‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 10-apreldagi 02/1-820-sonli ko‘rsatmasini ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki _________________ shahri/viloyati ______________________ (shahar/tuman) filialida (keyingi o‘rinlarda – “Bank”) “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelgan muammoli qarzdorliklar haqida shakllantirilgan ro‘yhatdagi mijozlardan kredit qarzdorliklarni undirish xizmatlarini (keyinchalik matnlarda - “xizmatlar ko‘rsatish”) amalga oshirish Buyurtmachi esa Ijrochi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar) uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. “Ijrochi” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar (bajariladigan ishlar) quyidagilardan iborat:
1.2.1. Shartnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakllantirilgan va unga taqdim etilgan qarzdorliklar ro‘yhati bo‘yicha muammoli kreditlarni undirish;
1.2.2. Undiruv yuzasidan sud qarori qabul qilingan va majburiy ijro byurosi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor va kafilning qonunda belgilangan undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklari mavjudligi aniqlangan taqdirda bu haqda bankning mas’ul xodimlarini va majburiy ijro byurosini ogohlantirish hamda ushbu mol-mulklar hisobidan undirish choralarini ko‘rish;
1.2.3. Qonun talablariga zid bo‘lmagan tartibda undiruv ishlarini amalga oshirish.
1.3. “Ijrochi” xizmatlarni o‘ziga biriktirilgan hududdagi mavjud muammoli qarzdorliklarni undirish ishlarini/xizmatlarini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |