Кредит линияси очилган холда ссуда хисобраками буйича


TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 42,23 Kb.
səhifə3/6
tarix16.09.2023
ölçüsü42,23 Kb.
#144204
1   2   3   4   5   6
Армугон

4. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Buyurtmachining majburiyatlari:
4.1.1. Ijrochi tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlab berish;
4.1.2. Ijrochiga mazkur shartnomaga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlari uchun haq to‘lashni mazkur shartnomaning 2.1-bandida belgilangan Tartibga muvofiq amalga oshirish.


4.2. Ijrochining majburiyatlari:
4.2.1. Ushbu shartnomaning 1.1.-1.2.-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan хизматларни, shuningdek, zaruriyat tufayli yuklatilgan boshqa vazifalarni vijdonan, halol va sidqidildan, sifatli bajarish;
4.2.2. Xizmatlarni shaxsan o‘zi bajarish va ularni bajarilishini boshqa shaxslarga ishonib topshirmaslik;
4.2.3. Qarzdorliklarni undirishda mijoz tomonidan naqd pul shaklida to‘lov amalga oshirilishi bildirilgan hollarda uni shaxsan qabul qilib olmasdan bank filiali kassalari orqali to‘lovni amalga oshirish choralarini ko‘rish;
4.2.4. O‘z majburiyatlarini bajarishda bankning tegishli tarkibiy tuzilmalaridan hujjatlar va ma’lumotlar olish;
4.2.5. O‘zining harakatlarini (yurish turishi, muloqoti, ish tartibi va h.k.) amalga oshirish mobaynida bank va uning mijozlari manfaatlariga putur yetkazmaslik;
4.2.6. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish natijasida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, bank/tijorat sirini tashkil qiluvchi hujjatlarni lozim darajada saqlash va O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga qat’iy amal qilish;
4.2.7. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatiga muvofiq, mazkur shartnoma bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotganida, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etmaslik majburiyatini oladi, ya’ni - pora bermaslik (pora berishda vositachilik qilmaslik), vakolatini suiste’mol qilmaslik yoki o‘ziga berilgan vakolatdan boshqa noqonuniy harakatlarda foydalanishda qatnashmaslik, buyurtmachining qonuniy manfaatlariga zid yoki o‘z foydasiga yoki boshqa shaxslar foydasiga pul, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar yoki xizmatlar ko‘rinishidagi imtiyozlarini olishning afzalliklaridan foydalanish yoki biron-bir shaxsning (shu jumladan - rasmiy shaxslar) yoki tashkilotning harakatlari yoki qarorlariga va/yoki asossiz ustunliklarga erishishga ta’sir o‘tkazish, boshqa noqonuniy maqsadlarga erishishni ko‘zlamasligi;
4.2.8. Ijrochi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqarish uchun biron-bir shaxs unga murojaat qilsa, shuningdek boshqa bir tashkilot nomidan korrupsion qonunbuzarlik olib borilayotganligidan yoki rejalashtirilayotganligidan xabardor bo‘lsa, Buyurtmachiga xabar berishi;
4.2.9. Ijrochi Korrupsiyaga qarshi siyosat va O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligida har qanday manfaatlar to‘qishuvining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishi va Buyurtmachiga zudlik bilan, unga ma’lum bo‘lgan zaxoti manfaatlar to‘qnashuvi borligi yoki uni paydo bo‘lishi haqida xabar berishi;
4.2.10. Ijrochi O‘zbekistan Respublikasi qonunlarida, shuningdek Korrupsiyaga qarshi siyosatda nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni buzganlik uchun, O‘zbekistan Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy, fuqarolik yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilganligini tasdiqlaydi.



Yüklə 42,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin