Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Mol-mulk solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq imtiyozlari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
25.3. Mol-mulk solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq imtiyozlari. 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan quyidagilar ozod qilinadi: 
1) sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya hamda ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat va 
san’at tashkilotlari; 
2) uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligi 
korxonalari. Uy-joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaliklari 
jumlasiga uy-joy fondini bevosita boshqarish, saqlash hamda undan foydalanishni amalga oshiruvchi 
tashkilotlar, sanitariya tozalash va yig‘ishtirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shaharlar 
hamda shaharchalarni tashqi yoritish, vodoprovod suv olish inshootlaridan, taqsimlanadigan 
tarmoqlardan (tozalovchi inshootlari bilan) foydalanish va suvni taqsimlash, kanalizatsiya 
tarmoqlaridan foydalanish (tozalash inshootlari bilan), gaz taqsimlanadigan tarmoqlardan 
foydalanish hamda gazni taqsimlash, qozonxona, issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlardan foydalanish 
va kommunal-maishiy ehtiyojlarga hamda aholiga issiqlikni taqsimlashni bevosita amalga oshiruvchi 
tashkilotlar, xizmat binolarining xo‘jalik boshqarmalari, o‘t o‘chirish komandalari, uy-joy-
kommunal xo‘jaligining xo‘jalik boshqarmalari, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va shahar xo‘jaligining 
umumfuqaroviy ahamiyatga molik boshqa korxonalari kiradi; 
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston 
chernobilchilari» assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini 


272 
nogironlar, 1941

1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar, 
bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik 
shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga 
shtatda bo‘lgan xodimlar kiritiladi; 
4) yangi tashkil etilgan korxonalar – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil 
mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalarning ularga qarashli alohida 
va tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari hamda asosiy fondlari negizida tashkil etilgan 
korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, agar 
mazkur yuridik shaxslar ushbu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo‘lsa, 
qo‘llanilmaydi; 
5) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik shaxslarni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor 
qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda, ushbu 
imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun to‘liq miqdorda 
undiriladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin