Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
pensiya ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 444-sonli qarori bilan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga mablag‘ to‘plash va mablag‘ to‘liq tushishi ustidan nazorat qilish funktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar soliqlarga tenglashtirildi. Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari har yili O‘zbekiston Respublikasining yig‘ma byudjeti tarkibiga kiritiladigan bo‘ldi hamda Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqish va to‘lash tartibi buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llanilishi, shu jumladan to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya hisoblanishi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yildi. Soliq kodeksining 312-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan
yuridik shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani to‘lovchilari
hisoblanadi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra notijorat tashkilotlar (bundan ularning tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno), yagona soliq to‘lovini to‘lovchi yuridik
shaxslar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning to‘lovchilari
hisoblanishmaydi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmaning
ob’ekti va
bazasi quyidagicha belgilanadi:
-Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga doir boshqa
shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar - QQS chegirilgan
holda, vositachilik haqi summasidan;
-tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari - QQS chegirilgan holda tovar aylanmasi hajmidan;
-ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji
baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari - yalpi
daromaddan;
-“O‘zdonmahsulot” AK korxonalari (g‘alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish
faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta ishlash korxonalari) - QQS chegirilgan holda ta’minot-
sotish ustamasi va chegirmasidan;
-kredit va sug‘urta tashkilotlari – daromaddan;
-moliyaviy ijara (lizing) xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalar - foizli daromaddan;
-kommunal xo‘jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari - mahsulot (ishlar, xizmatlar)
sotilishi hajmidan, QQSni va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun - issiqlik energiyasi, suv
ta’minoti korxonalari uchun - suv, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazning xarid qiymatini
chegirgan holda;
-qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari - QQSni chegirgan holda o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan;
-iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari - mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi hajmidan -
QQS va aktsiz solig‘ini chegirgan holda.
Yuridik shaxslar bir necha xil ob’ektlarga ega bo‘lgan hollarda, ular ob’ektlarning alohida-
alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlar uchun belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 2009 yil 1 yanvardan 1,0%
miqdorida belgilangan.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning
hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi.