Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. YAGONA SOLIQ TO`LOVI VA IJTIMOIY JAMG`ARMALARGA



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
28 MAVZU. YAGONA SOLIQ TO`LOVI VA IJTIMOIY JAMG`ARMALARGA 
MAJBURIY TO`LOVLAR 
28.1. Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishning 
ahamiyati va yagona soliq to‘lovchilar. 
O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni yechishda, shu 
jumladan, bozorlarni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishda, aholining ish bilan bandligini 
ta’minlashda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lmish kichik 
biznesning ahamiyati beqiyosdir. 
O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda davlatning katta yordami tufayli kichik biznes 
korxonalari o‘zining katta imkoniyatlarini ishga solishi mumkin. Ularga davlat yordam berishi, 
kafolatlashdan tashqari ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishga ruxsat berishlik — ularni 
tashkil qilish, moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ixchamlashgan soliq tizimining ahamiyati juda kattadir. Bu faqat soliqlarning 
ixchamlanganligida emas, balki hisob xodimlari uchun vaqg va pul xarajatini kamaytirish, soliqlar va 
yig‘imlardan tqlanadigan moliyaviy jazolarni kamaytirish imkonini beradi. 
Kichik korxonalar uchun ilgarigi umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig‘imlar o‘rniga yagona 
soliqning o‘rnatilishi soliq hisobi tuzishni osonlashtirdi, ilgarigi ko‘p soliq hisoblari va 
dalolatnomalar o‘rniga yagona soliq hisobi beriladigan bo‘ldi. 
Aktsizga tortilgan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar aktsiz solig‘ani ham 
to‘laydilar. 
Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lashga o‘tish ixtiyoriydir. Bunda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish 
tizimiga o‘tishni qo‘llash" to‘g‘risidagi +aroriga amal qilinadi (1998 yil 15 aprel, 159-son). 
Ixchamlashtirilgan soliq to‘lashga o‘tgan kichik korxonalar uchun quyidagi to‘lovlarni to‘lash 
tartibi saqlanib qolingan: 

aktsiz solig‘i; 

boj to‘lovlari; 

davlat boji; 

byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar (pensiya fondi, bandlik va yo‘l fondlari); 

birja bitimlari yig‘imi; 

maxsus tovarlarni sotish huquqi olish litsenziya yig‘imi; 

mahalliy 
auktsionlar 
va 
lotoreyalar 
o‘tkazish 
huquqi 
olish litsenziya yig‘imi; 

savdo qilish huquqi olish yig‘imi; 


306 

avtotransport turar joyi yig‘imi; 
Korxonada ishlovchilar soni cheklangan me’yordan oshmagan yuridik shaxslar yagona soliq 
to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadi. Bunga faoliyat ko‘rsatuvchi hamma mulkiy shakldagi korxonalar 
kiradi. Demak, kichik korxona me’yori faqat ishlovchilar sonigagina qaralib, ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini va daromad mikdori e’tiborga olinmaydi. Shu yerdan ko‘rinib turibdiki, davlat ko‘p 
mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar, xizmatlar bajaruvchi kichik korxonalarni iqtisodiy 
rag‘batlantiradi. 
Savdo tashkilotlari faoliyat turiga qarab ulgurji, cha-kana savdo va ovqatlanish korxonalariga 
bo‘linadi. Ular statistika idoralarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladilar. Ularning har biriga o‘sha 
ro‘yxatdan kod belgilangan. Ularning kodi 71000 — 72100 gachadir. 
Mulk shakliga qarab: xususiy, aktsiyadorlik va davlat savdo tashkilotlariga bo‘linadi. 
Demak, savdo tashkilotlarini soliqqa tortish masalalarini yechishda korxonalarning kodi va 
faoliyat turiga e’tibor beriladi. 
Savdo tashkilotlarida muomala xarajatlarini kamaytirishga qiziqishni oshirish maqsadida 
ularning soliqlarini ixchamlashtirish, soliqparning to‘liq tushishini tashkil qilish uchun O‘zbekiston 
Respublikasining "Savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish ti-zimini 
takomillashtirish to‘g‘risida" degan Farmoni qabul qilindi. 
Shu Farmonga binoan savdo va ijtimoiy ovqatlanish korxonalari 1999 yil 1 yanvardan boshlab 
umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod etildi: 
Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar quyidagilardir: 
1) mikrofirmalar va kichik korxonalar: 
2) xodimlarning sonidan qat’i nazar: 
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; 
xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar; 
lotereyalar tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar. 
Yagona soliq to‘lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi: 
aktsiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik 
korxonalarga; 
yagona yer solig‘i va qat’iy belgilangan soliq to‘lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi 
mikrofirmalar va kichik korxonalarga; 
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga. 
Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo‘yicha qonun hujjatlarida 
belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda: 
xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi; 
xodimlarning o‘rtacha yillik sonini aniqlashda o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa 
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek 
unitar (sho‘‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga 
olinadi; 
yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning 
asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to‘g‘ri keladigan xodimlar sonining mezoni qabul qilinadi. 
Soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, 
umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o‘tgan hisobot yili yakunlari bo‘yicha asosiy faoliyat turi 
bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi. 
Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: 
o‘zi ishlab chiqargan mahsulot bo‘lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni 
mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan firma do‘konlari orqali realizatsiya qilish; 
vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo‘yicha tovarlarni 
realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; 


307 
tayyorlov va ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni 
realizatsiya qilish. 
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-ovqat 
mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil etish bo‘yicha 
faoliyat tushuniladi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin