303
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:
mulkiy daromad, fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik
uchun mualliflik haqi
tariqasida olingan daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq
solinmagan bo‘lsa;
ikkita yoki undan ko‘p manbadan olingan daromadlar;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i belgilangan eng yuqori stavka qo‘llanilgan holda uning
arizasiga ko‘ra ushlab qolingan bo‘lsa, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik
haqi tariqasida daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan
daromadlariga jismoniy
shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini davlat soliq xizmati organining yozma
xabarnomasi asosida to‘laydi.
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik va ulardan foydalanganlik uchun mualliflik
haqi olayotgan jismoniy shaxs daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini
yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq, haqiqatda qilingan va hujjatlar
bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, biroq chegirma olingan jami
daromad summasining 30 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanish
uchun zarur materiallar
olishga doir xarajatlar;
faqat fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha
tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan
yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya shakli O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, jinsi, fuqaroligi,
doimiy
yashash joyi manzili;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib ko‘rsatilgan holda olingan jami yillik
daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni
deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning o‘zidan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks
ettiriladi);
daromadlarning manbalari;
daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarning
summalari;
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar;
hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
haqiqatda to‘langan soliq summasi.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada jismoniy shaxslarning
jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi
mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya pochta orqali buyurtma xat
shaklida, shuningdek elektron shakldagi axborot tarzida taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya blankalari soliq
to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlari tomonidan bepul beriladi.
304
Jismoniy shaxs taqdim etgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi
deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxs deklaratsiyaga
zarur o‘zgarishlar kiritishi shart.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish
haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaguniga qadar
berilsa, soliq to‘lovchi belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Agar jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish
haqidagi ariza jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddati tugaganidan
keyin, biroq xatolar davlat soliq xizmati organi tomonidan
aniqlanguniga qadar berilsa, soliq
to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda,
javobgarlikdan ozod etiladi.
Jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organining taqdim etilgan jismoniy shaxsning jami yillik
daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xatolik to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kun
davlat soliq xizmati organi tomonidan xatolik aniqlangan kun deb hisoblanadi.
Soliq to‘lovchilar olgan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi
deklaratsiyani, doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning
1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs o‘tgan soliq davri uchun
daromadlar to‘g‘risida joriy yilning 1 apreligacha deklaratsiya taqdim etadi.
Chet ellik jismoniy shaxs – O‘zbekiston Respublikasining rezidenti ushbu bobda belgilangan
tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida
tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari
to‘g‘risidagi deklaratsiya mazkur jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga
chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar chet ellik jismoniy shaxs –
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti joriy yilning 1 fevraliga qadar doimiy yashash uchun xorijga
chiqib ketayotgan bo‘lsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Taqdim etish tartibi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha
hisoblab chiqarilgan
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqni to‘lash deklaratsiya topshirilgan paytdan
e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
Grant olgan jismoniy shaxs daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant
bo‘yicha olingan daromad summasini, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i miqdorini,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha organning tegishli xulosasini ko‘rsatadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olayotgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda
daromadlar to‘g‘risidagi quyidagi deklaratsiyalarni taqdim etadi:
dastlabki deklaratsiyani – shunday daromadlar yuzaga kelgan kundan e’tiboran bir oy
o‘tgach,
besh kunlik muddatda, agar bu daromadlarga jismoniy shaxslar daromadlariga to‘lov
manbaida solinadigan soliq solinmagan bo‘lsa;
yakuniy
deklaratsiyani
–
o‘tgan
soliq
davridan
keyingi
yilning
15 yanvariga qadar.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy
yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi
deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan
daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi
mumkin. Bunda jismoniy
shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy
305
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan
oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydilar. Yil tugagach, jismoniy shaxslarning
daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab
chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 15
martigacha soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak.
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir:
yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langani
taqdirda – ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda – bank kassasiga
mablag‘lar to‘langan sana.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan
jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga
oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: