323
•
olg‘a surilgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;
•
ish sifatiga emas, soniga qaratiladi, g‘oyalar qancha ko‘p bo‘lsa
•
shuncha yaxshi;
•
istalgan g‘oyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivojlantirishga harakat qilinadi;
•
muammo yechimidan uzoq g‘oyalar ham qo‘llab-quvvatlanadi;
•
barcha g‘oyalar yoki ularning asosiy mag‘zi (farazlari) qayd etish yo‘li bilan yozib olinadi;
•
«hujum»ni o‘tkazish vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;
•
beriladigan savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko‘zda tutilishi kerak.
“Aqliy hujum” usulidan foydalanish uchun savollar:
1. Ikki yoqlama yozuv deb nimaga aytiladi?
2. Buxgalteriya hisobi fanining predmetini aytib bering?
3. Buxgalteriya hisobining metodini aytib bering?
4. Buxgalteriya hisobining usullari (elementlari) ni aytib bering?
5. Buxgalteriya hisobining obyektlari haqida tushuncha bering?
6. Aktivlar necha bo‘limdan iborat va nimalar kiradi?
7. Passivlar necha bo‘limdan iborat va ularga nimalar misol bo‘ladi?
8. Xo‘jalik jarayonlari necha bosqichni o‘z ichiga oladi?
9. Buxgalteriya hisobining subyektlari kimlar?
5-ilova
Mustaqil o‘rganish uchun savollar:
1) Buxgalteriya hisobining iqtisodiy mazmunini tushuntirib bering?
2) Operativ, statistik va buxgalteriya hisobining mazmunini tushuntirib bering?
3) Ikki yoqlama yozuvning paydo bo‘lishi haqida tushuncha bering?
4) Aktivlar va passivlar, ularning turlari haqida tushuncha bering?
1.2. Amaliy mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi
Talabalarning soni: 20-25 ta
Vaqti – 4 soat
Amaliy mashg‘ulotning shakli
Munozarali amaliy mashg‘ulotlar “Blits-so‘rov”,
“Munozara” va “Sindikat guruhlarda ishlash”
usullaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: