“Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat
turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq
nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e'lon
qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta'lim standartlariga
muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:
joriy nazorat (JN) -
talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini
aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda
og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda
o‘tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) -
semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha
mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma
darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma,
og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Dostları ilə paylaş: