Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

3 bosqich. Yakuniy 
bosqich
(10 min.) 
3.1. Mavzu bo‘yicha xulosalarni umumlashtiradi 
va faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.
Eshitadilar. 
Aniqlashtirib oladilar
3.3. Mustaqil ishlash uchun topshiriq va baholash 
mezonlari beriladi
Mustaqil ishlash uchun 
topshiriqlar olinadi 
 
2.2-mashq. Dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azish 


337 
«Turon» agrofirmasi sabzavotchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Xo‘jalikning joylashgan manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘nqo‘rg‘on 
qishlog‘i. 
Hisob raqami №: 20346200150840021301 Turonbankning Toshkent viloyat Qibray tumani 
bo‘limida. 
Turon agrofirmasi raisi-B.B.Tolibov. 
Bosh buxgalter- D.SH.Abdullayev 
Bosh agronom – R.A.Sattorov 
Bosh zootexnik – B.S.Ibragimov 
Buxgalter – T.Y.Qosimov 
Bosh injener – R.X.Yunusov 
Ekspeditor – I.S.Aliyev
Ustaxona mudiri – S.A.Nabiyev 
Ekspeditor – A.A.Aripov 
Dispetcher – P.G.Nazarov 
Mexanik – I.T.Baxromov 
Ombor mudiri – B.T.Tursunov. 
Изоҳ
: машқни бажараётганда етишмаган айрим зарур реквизитларни мустақил ҳолда 
белгиланг.
 
1-guruh uchun: 
Ishonchnomani to‘ldirish 
Quyidagi ma’lumotlar asosida tovarlarni olish uchun ishonchnoma to‘ldiring, 
ishonchnomaning asosiy rekvizitlarini va uning qaysi guruhga tegishliligini aniqlang:
Ishonchnoma «Turon» agrofirmasi vakili – ekspeditor Aliyev Islom Safarovichga (pasport 
seriyasi CV №7450045, 17.10.1998 yil Toshkent viloyati Qibray tumani IIB tomonidan berilgan) 
«O‘zagrokimyota’minot» AJ Toshkent viloyati bo‘limidan 2 tonna mineral o‘g‘it olish uchun 
3.12.20....da berilgan. 
Ekspeditor Aziz Alimovich Aripovga (pasport seriyasi CV №2310653, 17.10.2000 yil 
Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tomonidan berilgan) «Sabo» MCHJdan (Buxoro shahrida 
joylashgan) qurilish materiallari olib kelish 4.12.20....da berilgan. 
2-guruh uchun: 
Kassa kirim va kassa chiqim orderlarini to‘ldirish hamda kassir hisobotini tuzish 
Quyidagi ma’lumotlar asosida kassa kirim orderini to‘ldiring, uning asosiy rekvizitlarini 
yozing va hujjatlar klassifikatsiyasi bo‘yicha guruhini aniqlang.
02.12.20.....ga kassirning hisoboti. 02.12.20.....ga kassadagi qoldiq – 10 470 so‘m.
02.12.20.....dagi muomalalar: 
T.T.Karimovdan realizatsiyadan tushum kirim qilindi – 23 250 so‘m.
Xizmat safari va ish haqi uchun naqd pul olindi – 200 860 so‘m 
I.S.Aliyevga xizmat safari uchun hisobi beriladigan pul berildi – 15 000 so‘m 
A.A.Aripovga xizmat safari uchun – 60 000 so‘m 
№5-vedomost bilan ish haqi tarqatildi – 125 860 so‘m 
Kassadagi pul e’lon hujjati bo‘yicha bankka topshirildi – 33 720 so‘m
Yuqoridagi muomalalar bo‘yicha dastlabki hujjatlarni to‘lg‘azing va ularga asoslanib kassir 
hisobotini tuzing hamda xo‘jaldik muomalalariga buxgalteriya provodkasini tuzing.
3-guruh uchun: 
Xizmat safari guvohnomasi va bo‘nak hisobotini tuzish 
Belgilangan shaklda Buxoro shahriga xizmat safariga borib kelish uchun xizmat safari 
guvohnomasini va bo‘nak hisobotini tuzing.
Xizmat safari guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 
Toshkentdan ketdi – 04.12.200_, Buxoroga keldi – 04.12.200_, Buxorodan ketdi – 8.12.20...., 
Toshkentga keldi – 8.12.20..... 
Taqdim qilindi:
1) biletlar: Toshkent – Buxoro – 7 200 so‘m, Buxoro – Toshkent – 7 200 so‘m; 


338 
2) 04.12.20.....dan 9.12.20..... kunlari uchun mehmonxona xarajatlari - 5600 so‘m (sutkasiga). 
3. Sutkalik xarajatlari belgilangan normativ bo‘yicha. 
4. Transport xarajatlari – 7 800 so‘m (biletlari ilova qilingan). 
Xodimga xizmat safari uchun 60000 so‘m berilgan. 
2.3-mashq. Buxgalteriya hujjatlarini turkumlash. 
Quyida keltirilgan hujjatlarni tayinlanishi, tuzish joyi va aks ettirish usuliga ko‘ra 
turkumlang:

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin