Ma’ruza shakli Axborotli ma’ruza
Ma’ruza rejasi 1) Hujjatlashtirish va buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni
to‘g‘rilash
2) Inventarizatsiya, uni tashkil etish va o‘tkazish
3) Buxgalteriya hisobining registrlari haqida tushuncha
4) Buxgalteriya hisobining shakllari
5) Buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimi
Ma’ruzaning maqsadi Talabalarda hujjatlashtirish, inventarizatsiya, buxgalteriya
hisobining registrlari va shakllari haqida bilim, mahorat va
ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustahkamlash
Pedagogik vazifalar: -hujjatlashtirish va buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni to‘g‘rilash haqida tushuncha berish; -inventarizatsiya, uni tashkil etish va o‘tkazish haqida tushuntirish berish; -buxgalteriya hisobining registrlari haqida tushuncha berish; -buxgalteriya hisobining shakllari to‘g‘risida tushuntirish berish; -buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimi haqida tushuncha berish O‘quv jarayoni natijalari: - hujjatlashtirish haqida tushuncha ega bo‘ladi; - buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni to‘g‘rilashni o‘rganadi; - inventarizatsiya, uni tashkil etish va o‘tkazish haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘linadi; - buxgalteriya hisobining registrlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi; - buxgalteriya hisobining shakllari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘linadi; - buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimi haqida tushunchaga ega bo‘ladi O‘qitish usuli Ma’ruza va tushuntirish