Xarajatlarning alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida
rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi.
Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va
qonuniyligini, jumladan schetlar guruhlari bo‘yicha jamlangan summalarni arifmetik tekshirishdan
iborat.
Kalkulyatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo‘jalik mablag‘lari doiraviy aylanishining
barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) vujudga keladi.
Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulyatsiyalash ob’ekti va kalkulyatsiya birligi,
xarajat elementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Dostları ilə paylaş: