Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
3 MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI, SCHOTLAR VA IKKI YOQLAMA YOZUV 
 
3.1. Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi 
«Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, 
ya'ni “tarozi ikkita pallasining tengligi” degan ma'noni, muvozanat, tenglik ramzini bildiradi.
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya'ni schotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti 
bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, 
debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik schotlar 
ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar 
summalari jamining tengligini ifodalaydi; 
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subektning ma'lum sanadagi 
mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday 
ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin: 
Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar 
ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi “astivus”- aktiv, faol va “rassivus” - passiv, faoliyatsiz degan 
ma'nolarni bildiradi. 
Balans
aktivida
mablag‘lar tarkibi,joylanishi va ishlatilishiga qarab
passivida
esa 
mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga 
mo‘ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma'lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans 
aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart. 
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo‘jalik 
mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish 
shakli bo‘yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha aks ettiriladi. 
Aktiv va passivning o‘zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega bo‘lib, buxgalteriya 
yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni va buxgalteriya 
hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, 
quyidagicha baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki konsyervatsiyada 
saqlanayotgani) - ularning qoldiq qiymati bo‘yicha; xom-ashyolar, asosiy va yordamchi Materiallar, 
yoqilg‘ilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va yig‘ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot qismlar, 
idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini qo‘shgan holda); 
tayyor mahsulotlar, xo‘jalikning o‘zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva 
mollari-chakana bahoda, ulgurji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa 
- chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. 
Aktivda moddiy mablag‘lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, pul mablag‘lari, 
Xo

jalik mablag

larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning vujudga kelish 
manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi o

zgarishlarni bir-biriga solishtirib
ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli 
buxgalteriya balansi deyiladi. 


debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan mablag‘lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) 
mablag‘lar, passivda esa - ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezyerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, 
budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi 
va daromadni taqsimlash bo‘yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo‘ladi.
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari 
hamda iqtisodiy mazmuni asos bo‘ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag‘larning tarkibi, joylanishi va 
tashkil topish manbalari bo‘yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo‘limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin