1-muomala.
Qiymati 8600 so‘mlik Material ombordan asosiy ishlab chiqarishga berildi va
sarflandi. Bu muomala natijasida ombordagi Materiallar 8600 so‘mga kamaydi (24200 – 8600 =
15600). Shu vaqtning o‘zida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 8600 so‘mga ko‘payadi
(43850Q8600q52450). Bu muomaladan so‘ng balansning jami summasi o‘zgarmadi,
faqat balans
aktividagi moddalar orasida o‘zgarish sodir bo‘ldi.
Birinchi tip balans o‘zgarishi
ning ya'ni faqat aktivdagi moddalar orasida sodir bo‘lgan
o‘zgarishning matematik modelini tuzamiz.
3.3-jadval
1-muomaladan keyingi balans
Aktiv
Summa,
so‘m
Passiv
Summa,
so‘m
Asosiy vositalar
1312600
Ustav kapitali
1448960
Materiallar (-8600)
15600
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha
hisoblashuvlar
39890
Asosiy
ishlab chiqarish
(+8600)
52450
Hisob-kitob schoti
134400
Mol yetkazib beruvchilar
26200
Balans
1515050
Balans
1515050
Agar balans aktivi summalarining jami A, balans passivining summalarining jamini P, balans
moddalarining summasini a deb qabul kilsak, quyidagi matematik modelni tuzamiz,
, (1)
Ushbu model quyidagicha o‘qiladi: balans aktivining bir moddasi ko‘payadi, boshqasi (u bilan
bog‘liq bo‘lgan)
xuddi shu summaga kamayadi; natijada aktiv va passiv summalar yig‘indisi
o‘zgarmaydi, ularning o‘zaro tengligi saqlanib qoladi.
2-muomala
. Xodimlarga hisoblangan ish haqi summasidan 14500 so‘m daromad solig‘i
ushlandi. Bu muomaladan so‘ng hisoblangan ish haqi summasi 25390 so‘m bo‘lgan (39890-
14500=25390) va bir vaqtning o‘zida balans passivida 1450 so‘mga “Soliq va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha majburiyatlar” degan yangi modda paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, bu muomala natijasida faqat balans passividagi moddalar orasida o‘zgarishlar
ro‘y bergan va yig‘indisi o‘zgarmagan.
Dostları ilə paylaş: