hisobidan shakllanishini e'tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subekt normal faoliyat
ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi
mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi
normal holat deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi
bo‘yicha
ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik
o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli quyilmalarni qoplash manbalari
bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlar va rezyerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma'lum cheklashlarida
(statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.),
undan foydalanuvchilarga, eng avvalo
mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: