Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
3.3-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ulkan nazorat ahamiyatiga
ega, chunki barcha schotlarning debetidagi yozuvlar barcha schotlarning kreditidagi yozuvlar
yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bunday tenglikning bo‘lmasligi ikki yoqlama yozuvda xatoga yo‘l
quyilganligini, ya'ni schotlardagi yozuvlarda xato borligini bildiradi. Bunday xatolarni o‘z vaqtida
topish va tuzatish kyerak.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish natijasida schotlar o‘rtasida o‘zaro aloqa
yuzaga keladi. Bunday o‘zaro aloqa
schotlar korrespondensiyasi deyiladi. Shunday qilib,
schotlar korrespondensiyasi deganda, ularda xo‘jalik muomalalari natijasida sodir bo‘lgan hodisalarni aks
ettirishda schotlar orasidagi o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi.
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va kreditlanuvchi
schotlar ko‘rsatiladi, ya'ni buxgalteriya yozuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va
kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining summasini ko‘rsatishga
buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deyiladi.
Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma'lum bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lish, balki
uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining
iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kyerak. Faqat shunday tushuncha asosida mazkur muomala qaysi
ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin(2.4-rasm).
Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita schotda, ya'ni bir schotning
debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalasini
schotlarga bunday aks ettirishga
oddiy yozuv deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra
bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday
buxgalteriya yozuvini buxgalteriya hisobida
murakkab yozuv deyiladi.
Misol tariqasida quyidagi xo‘jalik muomalasini ko‘rib chiqamiz. Shirkat xo‘jaligi omboriga
mol yetkazib beruvchilardan 30000 so‘mlik yoqilgi va 40000 so‘mlik ehtiyot qismlar olindi. Bu
xo‘jalik muomalasi quyidagi schotlar korrespodensiyasi orqali aks ettiramiz: