322
Offset bitimi -
1. mollar va xizmatlar ayirboshlashni hamda turli xizmatlar va imtiyozlar evaziga
sarmoya sarflashga imkon berishni nazarda tutuvchi muqobil savdo shakli;
2. tomonlarning fyuchers bozoridagi majburiyatlarini tugatuvchi bitim
Ofshor bank -
xorijiy kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar amal
qiladigan moliyaviy markazlarda joylashgan bank
Ofshor bank markazi -
xorijiy rezidentlar bilan chet el valyutasida moliya-kredit
operatsiyalarini o‘tkazishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan xorijiy
sarmoyalarni jalb etuvchi kichik davlatlar yoki hududlar
Ofshor bank muassasasi -
xorijiy kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar
amal qiladigan moliyaviy markazlarda joylashgan bank
Ofshor bank faoliyati -
xorijiy rezidentlar bilan chet el valyutasida moliya-kredit
operatsiyalarini o‘tkazishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan xorijiy
sarmoyalarni jalb etishga asoslangan bank faoliyati
Ofshor bank xizmati
- xorijiy rezidentlar bilan chet el valyutasida moliya-kredit operatsiyalarini
o‘tkazishda soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish yo‘li bilan xorijiy sarmoyalarni jalb etish
Ofshor moliya markazi -
(milliy va xorijiy) kredit muassasalari norezi-dentlar bilan
operatsiyalarni mazkur mamlakat uchun xorijiy hisoblangan valyutada amalga oshiradigan moliyaviy
markaz
Dostları ilə paylaş: