Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar


Investitsiya funksiyasining grafigi



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

 
Investitsiya funksiyasining grafigi 
Foiz stavkasi

 

Investitsiya hajmi 
1.1.1-chizma 
 
Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish
ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub'ektlarini sug‘urtalash va boshqa 
vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo‘lida tashkil etiladi. Investitsiya 
munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o‘z ifodasini topadi. 
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishining asosiy yo‘nalishlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1)
Investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish. 
2)
Soliq to‘lovchilar va soliq solish ob'ektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni 
tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash. 
3)
Normalar, qoidalar, standartlarni belgilash. 
4)
Monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash. 
5)
Kredit siyosati va narx siyosatini o‘tkazishga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan 
foydalanish shartlarini belgilash. 
6)
Investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.


52 
Investitsiya faoliyatini tartibga solish, huquqiy nuqtai nazaridan, turli mulkdorlar o‘rtasida 
moddiy va nomoddiy aktivlarni takror ishlab chiqarish xususidagi o‘ziga xos, murakkab, ijtimoiy zarur 
iqtisodiy (investitsiya) munosabatlarini shakllantirish me'yorlarini nazarda tutadi. Investitsiya 
jarayonining barcha sub'ektlari – chet ellik investorlardan boshlab, davlat, yuridik va jismoniy, shu 
jumladan chet ellik shaxslar (rezidentlar va norezidentlar)gacha bu munosabatlarning ishirokchilariga 
aylanadilar. Huquq nuqtai nazaridan chet el investitsiyalari boshqa davlat hududida kapitalga egalik 
qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq. Iqtisodiy nuqtai nazardan esa ularning 
hududiy, zamon va makondagi harakati ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha risklar bilan to‘qnashish ehtimoliga 
ega bo‘ladi.
Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi 
navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini 
ko‘zlaydi.
Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi: 
1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; 
kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash; 
2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlash; texnik 
yordam ko‘rsatish.
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo‘naltirilgan har qanday shakldagi mulkni 
to‘la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz 
ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki 
xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo‘la 
olmaydi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish
samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa 
faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. 
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish 
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat 
ob'ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu 
jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har 
qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi».
3
Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo 
lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan 
ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»
4

Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy 
va nomoddiy ko‘rinishidagi muddatli qo‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan 
iborat bo‘lishi mumkin: qo‘shma korxonalarni tashkil qilishda o‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy 
sarmoyadorlarga to‘la tegishli bo‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli 
qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya 
muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi: 
-iqtisodiy barqarorlik; 
-inflyasiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so‘mning to‘lov qobiliyatini oshirishga 
yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. 
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni 
moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi omillar mavjud: 
-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish; 
-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bo‘yicha investitsiya loyihalarini 
3
O‘zbekistonning yangi qonunlari. 19-son,-T.: Adolat,1998.532-bet.
4
Dictionary of Foreign Trade. by F.Henus Sec/ Ed. N4.,1947, P.387.


53 
tuzishni jadallashtirish; 
-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va 
yangilarini barpo etish bo‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin