55
Xalqaro moliya korporatsiyasi, yevropa tiklanish va ta- raqqiyot banklari, Osiyo «Krossroud»
kredit kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Mil- liy banki, O‘zbekiston
xususiylashtirish va investitsiya- lar bo‘yicha xalqaro «O‘zprivatbanki» ABN AMRO bank, «Asa- ka»
banki, Aksiyadorlik-tijorat «Paxtabank», Aksiyador- lik-tijorat «O‘ztadbirkorbank» kabi qator moliya
insti- tutlari fermer xo‘jaliklari loyihalarini moliyalash uchun qat'iy valyutada kreditlar berishatsi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditlarni faqat mil- liy kompaniyalarga beradi va hozirgi paytda
qo‘shma kor- xonalarni tashkil etishga ko‘proq e'tibor qaratadi.
Shuningdek, xalqaro moliya korporatsiyasi maslahat be- rishda va boshqa moliyalash manbalarini
jalb etishda ish- tirok etadi. Uning O‘zbekistondagi strategiyasining muhim qismi xususiy sektor,
tarkibiy yangilanishlar va xusu- siylashtirish yo‘nalishidagi aniq loyihalarni moliyalash- tirishdan
iborat.
yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraq- qiyot banki tomonidan ochilgan kredit
yo‘nalishlari, asosan, Milliy bank va «Asaka» banki orqali amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda ishlab
chiqarishda yevropa tiklanish va ta- raqqiyot bankining kredit yo‘nalishlari aksiyadorlik ti- jorat
«Paxta-bank» orqali ochilishi kutilmoqda.
Kichik va o‘rta biznes mezonlariga muvofiq keladigan xususiy , kichik, qo‘shma, dehqon fermer
xo‘jaliklari va aksiyadorlik jamiyatlari yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot
banki kreditlarining oluv- chilariga aylandilar.
Kredit yo‘nalishlarining resurslaridan xorijiy usku- nalar va texnologiyalarini xarid qilishni
moliyalashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mahalliy xomashyo resursla- rini qayta ishlash,
ishlab chiqilgan namunaviy yoki alohida loyihalar asosida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar va
xalq iste'moli molllari ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan investitsiya loyihalarini ta'minlash bilan
bog‘liq dastlab- ki ishchi kapitalini shakllantirish uchun foydalaniladi.
Zamonaviy investitsiya siyosatining muhim tamoyillari har turli kapitalni bir martalik imtiyozlar
bilan jalb etishdan emas, barqaror va o‘zaro manfaatli investitsiya tar- tibi hamda real kafolatlar
berishdan iborat.
Hozirgi bosqichda xalqaro xorijiy kapital harakatining shakllari turlicha bo‘lib, bevosita xorijiy
investitsiyalar us- tuvor rol o‘ynaydi. Ular amalga oshiriladigan mexanizm va ka- nallar doimiy
takomillashib, rivojlanib zamonaviylashmoqsa.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi mintaqaviy va xalqaro mi- qiyosda milliy iqgisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va faoliyat ko‘rsatishning yetarli darajada aniq qoidalariga ega. Tajriba
shuni ko‘rsatadiki, ularga oqilo- na rioya etilishi xorijiy investitsiyalardan samarali foy- dalanishni
ta'minlaydi.
7.3. Fermer xo‘jaliklarida iivestitsiyadai foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Fermer xo‘jaliklari mahsulot yetishtirish va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun sarmoya sarf
etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa, har bir investor sarmoyasini sarflashdan oldin sarmoya
sarflanadigan tadbir qanday natija berishini, uning iqtisodiy samarasi qanday bo‘li- shini bilishni talab
etadi. Fermer xo‘jaligi ham sarf- lanadigan yoki yo‘naltiradigan kapital sarflarni, uzoq muddatga
foydalaniladigan vositalarni tashkil etishga qaratilgan mablag‘lar samarasini loyihalashtirish jara-
yonini ko‘zda tutadi.
Fermer xo‘jaligi biron tadbirni amalga oshirish uchun tashqaridan mablag‘ jalb qiladigan bo‘lsa,
tadbirni ifoda etuvchi loyihada ko‘zda tutilgan sarf-xarajatlari, iqtiso- diy samaradorligi aniq
hisoblangan bo‘lishi kerak. Bu loyi- haning texnik-iqgisodiy jihatdan asoslanganligini (TeO)
ifodalovchi hujjatda aks ettiriladi. Bu masalani hal qilishda kapital sarflar va investitsiyaning iqgisodiy
sa- maradorligini aniqlash usulidan foydalaniladi.
Uzoq muddatga kiritiladigan investitsiyaning absolyut yoki mutlaq samaradorligi qiyosiy yoki
nisbiy aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: