157
Ikkita muhim holatni ta'kidlab o’tish lozim. Birinchidan, barcha loyihalar ham moliyaviy jihatdan
samarali deb tahlil qilinmaydi. Agarda loyiha foydasini qiymat shaklida ifodalash mumkin bo’lmasa,
tahlil ketma-ketligi o’zgaradi: ya'ni samaradorlikda maksimumidan xarajatlar minimumiga o’tiladi.
Ikkinchidan, tahlilning moliyaviy jihati umumlashtiruvchi bo’lishi lozim. Loyihani tijorat, texnik,
ijtimoiy, institutsional va ekologik jihatlar bo’yicha tahlil qilish jarayonida, mazkur jihatlarning
samaradorligini va loyiha amalga oshirilishi mumkinligini belgilab beruvchi foyda va xarajat turlari
aniqlanadi (misol uchun, reklama xarajatlari, korxona xodimlarini qayta o’qitish xarajatlari va undan
olinishi kutilgan foyda, ekologik tavakkalchilikni pasaytirishga yo’naltirilgan xarajatlar va h.). Butun
loyiha va har bir ishtirokchi nuqtai nazaridan amalga oshirilgan moliyaviy tahlil, loyihani amalga
oshirishdagi ularning manfaatdorligini namoyon qiladi.
Moliyaviy tahlilda o’z aksini topishi lozim bo’lgan ekologik masalalariga kelib to’xtaladigan
bo’lsak, baholashning quyidagi umumiy qoidalarini hisobga olish muhimdir:
1. Barcha ahamiyatga ega bo’lgan ekologik foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni
Dostları ilə paylaş: