Axborotni chiqib ketish radioelektron kanallari. Radioelektron kanallar demaskirovka belgilariga ko‘ra axborotni tutib olishning asosiy kanali hisoblanadi.
Radioelektron vositalar va elektr qurilmalari faoliyat ko‘rsatish jarayonida ular atrofida yondosh elektromagnit maydon nurlanishi yuzaga kelib, ular himoyalangan axborotni o‘zida saqlashi mumkin. Aksariyat hollarda statik va dinamik zaradlarga ega bo‘lgan elektr toki zanjirlari ana
shunday nurlanish manbalari bo‘ladi. Elektr zanjirida axborotni bevosita qayta ishlash jarayonida axborotni o‘zida aks ettiruvchi yondosh nurlanishlar vujudga keladi.
Elektromagnit maydonning nurlanish turi va uning tarqalish xusu- siyati maydonning tebranish chastotasi va nurlantirgich turiga bog‘liq. Bunga asoslangan holda past chastotali va yuqori chastotali xavfli nurlanishlar farqlanadi.
Tovush kuchaytiruvchi qurilmalar (mikrofon, audiomagnitofon, telefon apparati, ularni bog‘lovchi kabellar va shu kabilar)dan tarqaluvchi tovush diapazonidagi nurlanishlar past chastotali hisoblanadi.
Radioelektron vositalar zanjiridan nurlanuvchi, yuqori chastotali signallar tarqatuvchi elektromagnit maydonlar yuqori chastotali xavfli nurlanishlarga taalluqli bo‘lib, ular o‘zida himoyalangan axborotni mujas- samlaydi. Audio- va videomagntofonlarning o‘chirish va magnitlash gene- ratorlari, monitor va televizorlarning elektron-nur trubkalari, kompyuter- ning yuqori chastotali signallar bilan ishlovchi elementlari kabilar bunday nurlanishlarni tarqatuvchi qurilmalarga misol bo‘lishi mumkin.
Real hayotda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishiga to‘siqlarning ko‘pligi sababli ularning tarqalish xususiyati juda ham murakkab hisoblanib, ularni aniq bir matematik ifodalashning imkoni yo‘q.
Radiosignallarni tutib olish vositalari.Elektromagnit, elektr, magnit maydonlarni hamda axborotga ega bo‘lgan elektr signallarini tutib olish radio- yoki radiotexnik razvedka deb ataladi. Uning asosiy bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Skanerlovchi priyomniklar radiorazvedkalarni o‘tkazishda keng qo‘llanilib, ular o‘lchami va vazniga ko‘ra portativ (qo‘lda olib yuruvchi) va tashib yuriluvchi turlariga bo‘linadi. Portativ skanerlovchi priyomnik- larning vazni 150-350 grammni tashkil etib, ular avtonom tok manbaiga ega bo‘ladi. O‘zining ixchamligi va yengilligiga qaramay bunday priyom– niklar 100-500 kGs dan 1300 MGs gacha, ayrimlar hatto 2060 MGs (“HSC-050”) bo‘lgan chastota diapazonidagi razvedkani olib borish imkonini beradi. Portativ skanerlovchi priyomniklar 100 dan 1000 tagacha xotira kanallariga ega bo‘lib, bir soniyada sozlashning 50-500 Gs dan 50- 1000 kGs gacha chastota qadamida 20 dan 30 tagacha kanallarni skanerlash tezligini ta’minlaydi. Bunday priyomniklarning ayrimlarini, masalan AR-2700, AR-8000, IC-R20, IC-R10 rusumlilarini kompyuter yordamida boshqarish mumkin. AR-8000 va IC-R20 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomniklarning umumiy ko‘rinishlari 4-rasmda keltirilgan. Icom firmasi tomonidan ishlab chiqilgan IC-R20 rusumidagi portativ skanerlovchi priyomnigi o‘zining mukammalligi bilan ajralib turadi. Ushbu priyomnik signallarni qabul qilishda yuqori sifatni kafolatlash bilan birga bir vaqtning o‘zida ikki xil chastotada kuzatish olib borish imkonini
beradi. Uning og‘irligi 320 grammni tashkil etadi.