Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc


Axborot muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va sertifikatsiyalash



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə37/44
tarix24.09.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#147664
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Karimov-I.Axborot xavfsizligi asoslari

Axborot muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va sertifikatsiyalash




1 «Ўзбекистон Республикасининг Ахборот технологиялари ва коммуника- цияларини ривожлантириш вазирлиги ҳузуридаги «Электрон ҳукумат» тизи- мини ривожлантириш маркази ҳамда Ахборот хавфсизлигини таъминлаш мар- кази фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарор // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2013. – №38 – 492-м.; 2015. – №26. – 338-м.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi 71-II-sonli qonuni1 turli faoliyat sohasida litsenziyalashni amalga oshirish bo‘yicha asosiy hujjat hisoblanadi.
Ushbu qonunning 3-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar kelti- rilgan:
litsenziya – litsenziyalovchi organ tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxsga berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi – O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi;
litsenziyalash – litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish va ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar kompleksi;
litsenziya talablari va shartlari – faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirayotganda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui;
litsenziyalovchi organlar – qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalash- ni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar;
litsenziat – faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish litsenziyasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziyalar reyestri – berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalovchi organlarning ma’lumotlar bazalari majmui.
Litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni ushbu qonunning 4-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masi hamda litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi.
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2000.
№5-6. – 142-м.; 2003. – №1. 8-м.; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2006. – №14. – 110-м.; 2006. – 41. – 405-м.; – 2011. – №36. – 363-м.; –
2013. – №18. – 233-м.; – 2014. –№50. – 588-м.; – 2015. – №33. – 439-м. – №52., –
645-м.
O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish (AKMQ) sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimi.
Litsenziyalash talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-sonli qarori1 bilan tasdiq- langan «Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foy- dalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom»ning II bo‘limida keltirilgan.
Axborotni muhofaza qilish sohasida faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va qo‘llash kiradi.
Axborotni muhofaza qilishsh sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tizi- mining normativ-xuquqiy bazasini quyidagilar tashkil qiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyuldagi 102-sonli qonuni2 «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 222-II-sonli qarorining 1- ilovasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi

«O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 614-sonli qarori3 bilan tasdiq- langan O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi Nizom;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-sonli qarori4 bilan tasdiqlangan «Axborotning kripto- grafik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsen- ziyalash to‘g‘risidagi Nizom».



1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №46-47.
– 471-м.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №29-30.
– 295-м.
3 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №14. – 140-м.
4 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – №46-47.
– 471-м.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-noyabr kunidagi «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli qarori1 bilan tasdiqlangan

«Davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning IV bo‘limi “Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash” deb nomlanib, uning 24-bandiga muvofiq davlat idoralarining axborot tizimida qo‘llaniladigan axborotni himoyalash dastu- riy-texnik vositalari litsenziyalangan va sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Mazkur bo‘limning 281-bandida davlat organlarining davlat sirlari- ga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun mo‘ljal- langan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak- ligi belgilangan.
Maxsulotni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining mahsu- lotni (xizmatlarni) sertifikatsiyalashning Milliy tizimi (SMT) asosida amalga oshiriladi.
SMT faoliyatini reglamentatsiya qiluvchi asosiy normativ-xuquqiy akt bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabr kunidagi
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi 1006-XII- sonli qonuni2 hisoblanadi.
Ushbu qonunning 1-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan: sertifikatlashtirish milliy tizimi — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega
bo‘lgan tizim;

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin